O‘zDJTU rektori “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan taraqqiyoti hamda yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, samarali mehnati hamda kasbiy faoliyati e’tirof etilib, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etib, ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan soha vakillarining xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
2026-09-30 12-16