O‘zDJTU talabalari Germaniyada akademik almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti talabalari Germaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari — SDI München hamda Johannes Gutenberg Universiteti Mainzning Germershaym filialida bir semestr davomida tahsil olib, akademik almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.
ERASMUS+ dasturi, Eberhard-Schöck-Stiftung va CARSI-SE loyihasi ko‘magida talabalar stipendiya hamda bepul turar joy bilan ta’minlandi. Dastur davomida ular tarjimashunoslik, lingvistika va madaniyatlararo muloqot yo‘nalishlarida zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘ldilar.
Talabalar xalqaro ta’lim muhiti ularga xorijiy tillarni yanada mukammal o‘zlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan tajriba almashish imkonini berganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, talabalardan biri Goethe-Zertifikat C1 xalqaro sertifikatini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.
Mazkur hamkorlik O‘zDJTUda xalqaro akademik mobillikni kengaytirish, malakali tarjimon va xorijiy tillar mutaxassislarini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Akademik almashinuv dasturi ishtirokchilari Germaniyada olgan bilimlari, orttirgan tajribalari hamda dastur davomida erishgan yutuqlari haqida o‘z fikrlarini quyidagi link orqali bilib olishingiz mumkin.
2026-07-14 01-07