OʻzDJTU talabasi xalqaro dasturda qatnashdi

Xalqaro jurnalistika fakulteti, Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Zilolaxon Komilova 2025-yil 19–22-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Saratov shahridagi Psixologik-iqtisodiy tadqiqotlar instituti (ИПЭИ)da bo‘lib o‘tgan Xalqaro qishki maktabning “Noma’lum va ma’lum Lotin Amerika” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi. 

Talabamiz mazkur dasturda qatnashish huquqini xalqaro grant asosida qo‘lga kiritgan edi. 

Dastur davomida qishki maktab davomida Lotin Amerikasining siyosiy tizimlari, iqtisodiy rivojlanish modeli, mintaqaning global jarayonlardagi o‘rni va zamonaviy geosiyosiy chaqiriqlar kabi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi. Ishtirokchilar yetakchi tadqiqotchilar, ekspertlar hamda turli davlatlardan kelgan talabalar bilan fikralmashish, amaliy seminarlar va muhokamalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Zilolaxon Komilovaning ushbu xalqaro akademik loyihada ishtiroki uning ilmiy qiziqishlarini kengaytirishga, xorijiy tajriba orttirishga hamda universitetimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube