O‘zDJTU VAKILINING ERASMUS+ KA171 LOYIHASI DOIRASIDAGI TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

O‘zDJTU VAKILINING ERASMUS+ KA171 LOYIHASI DOIRASIDAGI TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov Erasmus+ KA171 loyihasi doirasidagi xizmat safari davomida Ruminiyaning Buxarest universitetida tashkil etilgan xalqaro ilmiy stajirovka va tajriba almashish dasturida faol ishtirok etmoqda.

Rejalashtirilgan dastur doirasida Buxarest shahridagi qator universitetlar, shuningdek, Buxarest universitetining fakultet va bo‘limlariga tashriflar tashkil etildi. Jumladan, Horia Hulubei nomidagi Milliy ilmiy tadqiqotlar instituti direktori professor Ioan Ursu, Buxarest universiteti Doktorantura maktabi direktori professor Virgil Baran, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Anca Stoica, Xorijiy tillar fakulteti dekani professor Axinia Casavski, Filologiya fakulteti dekani professor Aleksandra Nikolae hamda bir qator mas’ullar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
.

 



Uchrashuvlarda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, Erasmus+ dasturi doirasida akademik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash, xalqaro tajribani o‘rganish va O‘zDJTUning xorijiy hamkor universitetlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube