O‘ZDJTU VAKILLARI OROL DENGIZI TARIXI MUZEYIGA TASHRIF BUYURDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davom etayotgan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan tashrif buyurgan talabalar va rasmiy vakillar Mo‘ynoq shahrida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar muzey eksponatlari orqali Orol dengizining avvalgi holati, uning ekologik fojeaga aylanish jarayoni hamda hududda yuz bergan keskin iqlim va tabiat o‘zgarishlari haqida yaqindan ma’lumot oldilar. Muzey bilan tanishuv yoshlar uchun Orolbo‘yi hududidagi ekologik vaziyatni chuqurroq anglashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi o‘qituvchisi Muxammadiyev Jasur ishtirokchilarga Orol dengizidagi bugungi ekologik holat, uning salbiy oqibatlari hamda atrof-muhitni asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda Orol dengizi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni chuqurroq anglashga xizmat qilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube