O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Young University Rankings – 2024” xalqaro reytingida “REPORTER” maqomida qayd etildi.

“Times Higher Education” agentligi tomonidan tuziladigan “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 yoshdan kichik bo‘lgan eng yaxshi universitetlari reyting natijalarini e’lon qildi. 

Quvonarlisi, mazkur reytingda bu yil respublikamizning 24 ta oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p, ya’ni o‘tgan yilgi 12 tadan 24 taga yetdi. 

“THE Young University Rankings - 2024” THE, WUR kabi xalqaro reytinglar bilan bir xil 13 ta samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanadi, biroq ular OTMlarda mavjud bo‘lgan eng keng qamrovli va muvozanatli taqqoslashni ta’minlash uchun barcha asosiy missiyalari – o‘qitish, tadqiqot, bilimlarni uzatish va xalqarolashtirish bo‘yicha baholanadi.

2024-06-08 05-29

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi