O‘zDJTUda bitiruvchilar uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amaliy uchrashuv o‘tkazildi

O‘zDJTUda bitiruvchilar uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amaliy uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tizimli tadbirlar davom etmoqda.

2026-yil 4-iyun kuni O‘zDJTU Karyera markazi tashabbusi bilan Ingliz tili 2-fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekan muovini Z. Abdusamatov ochib berib, bugungi kunda yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi, o‘zini o‘zi band qilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish muhim ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy Banki AJ Uchtepa BXM boshqaruvchisi I. S. Yakubov hamda “Kelajakka qadam” loyihasi menejeri B. P. Aralov ishtirok etib, talabalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes g‘oyalarni rivojlantirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va imtiyozli kreditlar olish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etdilar.

Seminar davomida:

- yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
- mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy ko‘nikmalar;
- kichik biznes loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari;
- frilanserlik va masofaviy mehnat faoliyati;
- imtiyozli kreditlar hamda moliyaviy ko‘mak dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, biznes faoliyatini boshlash, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish va mustaqil mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun muhim tajriba va bilimlar olishiga zamin yaratdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube