O‘zDJTUda dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

O‘zDJTUda dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Muhokama davomida Satibaldiyev Erkinjon Kamilovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Media matnlarni tarjima qilishda plyuralingvizm va lingvistik ustunlikning pragmatik jihati (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi atroflicha muhokama qilindi.

Jarayon davomida dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, tadqiqot metodologiyasi, amaliy ahamiyati hamda xulosalarning asoslanganlik darajasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ishning ilmiy va amaliy jihatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Dissertatsiya yuzasidan bildirilgan savol va mulohazalarga muallif tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Muhokama yakunida ish bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalar shakllantirildi hamda keyingi bosqichga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube