O‘zDJTUda Indoneziya va Malayziya universitetlari bilan xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zDJTUda Indoneziya va Malayziya universitetlari bilan xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

18-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Indoneziyaning Tarakanita universiteti hamda Malayziyaning SEGi universiteti bilan onlayn memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 


Tadbirda Tarakanita universiteti rektori Dr. Antonius Singgih Setiawan, Hamkorlik, jamoatchilik bilan aloqalar va marketing bo‘limi direktori Dr. Paula Tjatoerwidya Anggarina, SEGi universiteti Vice-Chancellor’i Dr. Mariani Binti Md Nor, Vice-Chancellor o‘rinbosari Dr. Srikumar Chakravarthi hamda xalqaro hamkorlik va kommunikatsiya yo‘nalishidagi mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘zDJTU tomonidan universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda moderator sifatida 3-ingliz tili fakulteti vakili P. Omonov qatnashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sohasida tajriba almashish, akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va kommunikatsiya yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.

 



Mazkur memorandum O‘zDJTUning xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube