O‘zDJTUda Ingliz tili 1-fakultetining 2025–2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisobot tinglandi
6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida fakultetlarning 2025–2026 o‘quv yili davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishlari boshlandi. Dastlabki hisobot universitetning Ingliz tili 1-fakulteti tomonidan taqdim etildi.
Hisobot yig‘ilishi universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov raisligida o‘tkazilib, unda universitet prorektorlari, Ingliz tili 1-fakulteti dekanati, kafedra mudirlari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida fakultetning 2025–2026 o‘quv yili mobaynidagi faoliyati o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, xalqaro hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy yo‘nalishlar kesimida atroflicha tahlil qilindi. Ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, hisobot davomida fakultetning belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Kelgusi 2026–2027 o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish, xalqaro loyihalar va akademik hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, fakultetning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va rejalar taqdim etildi.
2026-07-07 09-22