O‘zDJTUda “Otpolosi klubi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zDJTUda “Otpolosi klubi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

2-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar doirasida universitetning “Otpolosi klubi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori I. Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda bunday tashabbuslarning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

 



Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Polo federatsiyasi argentinalik polo mutaxassisi Spillmann Joaquin so‘zga chiqib, polo sportining tarixi, bugungi rivojlanish bosqichlari va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot va savol-javob tashkil etilib, polo sportini rivojlantirish, universitet talabalari o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sport madaniyatini yuksaltirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda xalqaro sport aloqalarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube