O‘zDJTUda PRESETT loyihasi doirasida bakalavriat ta’lim dasturlarini takomillashtirish ishlari boshlandi
2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida PRESETT loyihasi doirasida Britaniya Kengashi vakillari hamda universitet mutaxassislaridan iborat ishchi guruhning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining amaldagi malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida ta’lim dasturlarini zamonaviy talablar asosida yangilash, ta’lim natijalari va baholash tizimini xalqaro yondashuvlarga moslashtirish, shuningdek, bo‘lajak pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.