O‘zDJTUda Prezident nutqida belgilangan vazifalar hamda vazirlik topshiriqlari ijrosiga bag‘ishlangan ishlab chiqarish yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalar hamda 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlarini samarali tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish, professor-o‘qituvchilarning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oshirish, ta’lim va ilm-fan yutuqlarini targ‘ib etishga qaratilgan media loyihalarni ishlab chiqish hamda axborot siyosati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha vazirlik topshiriqlari ijrosiga bag‘ishlangan ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimizning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida ta’lim, kadrlar tayyorlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratilgan e’tibor alohida ta’kidlandi. Nutqda ta’lim tizimini iqtisodiyotning zamonaviy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarni yangi kasb va kompetensiyalar bilan qurollantirish, kasbiy ta’limni rivojlantirish, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ustuvor vazifalar sifatida belgilanganligi qayd etildi.
Shuningdek, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov so‘zga chiqib, Prezident nutqida belgilangan vazifalar hamda vazirlik topshiriqlarining ijrosini ta’minlashda oliy ta’lim muassasalari zimmasidagi mas’uliyat, yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish hamda universitet faoliyatini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Yig‘ilishda universitet matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimov tomonidan vazirlik topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy chora-tadbirlar rejasi taqdim etildi. Unda qabul jarayonlarini ochiq va shaffof yoritish, korrupsiyaning oldini olish, professor-o‘qituvchilar va talabalar yutuqlarini keng targ‘ib qilish, ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini axborot xizmatlari faoliyatiga joriy etish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.

Yig‘ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Hoshimov korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan axborot berdi.
Yyakunda mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, qabul jarayonlarini ochiq va shaffof tashkil etish, axborot siyosati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.