O‘zDJTUda ta’lim eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi

5-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda Til o‘qitish markazi direktori ishtirok etdilar.

 

 

Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshiriqlarini ijro etish, xususan, ta’lim eksporti hajmini oshirish, xorijiy fuqarolarni O‘zDJTUga keng jalb etish, hamkor universitetlar bilan almashinuv dasturlari doirasida o‘quv dasturlarini tashkil etish, shuningdek, Work and Travel dasturi asosida talabalarni yozgi ta’til davrida xorijiy mamlakatlarga yuborish kabi muhim masalalar keng muhokama qilindi.

Ilxomjon Tuxtasinov o‘z nutqida universitet tomonidan ayni paytda Xitoy, Turkmaniston va Ozarbayjon kabi davlatlar bilan xorijiy talabalarni jalb qilish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, rektor barcha mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalarni sifatli va samarali bajarish zarurligini eslatib, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, universitet faoliyati haqida tayyorlangan ma’lumotlar va videoroliklar asosida qo‘shni mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish kabi aniq choralarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube