22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-avgustdagi 07-15-18-son topshirig‘iga asosan, Prezidentning 2024-yil 13-martdagi PF-49-son Farmoni (“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyat samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) mazmuni va ahamiyatiga bag‘ishlangan iqtisodiy seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, prorektorlar va bo‘lim boshliqlari onlayn tarzda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, Innovatsiyalar vazirligi rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda turli tashkilot vakillari qatnashdilar.
Kun tartibida KPI ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, Farmonni amaliyotga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Seminar yakunida kelgusi chorak uchun aniq vazifalar belgilandi.