PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakultetida talaba-yoshlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kiberjinoyatlarning oldini olish hamda internet makonidagi turli tahdidlardan himoyalanishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda IPMBIB bo‘limi psixologi Sh. Bo‘stonova, profilaktika inspektori M. Nurmuhammedova, IPMBIB mutaxassisi M. Yuldosheva hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarga kiberjinoyatlarning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalarga kirmaslik hamda turli ko‘rinishdagi internet firibgarliklaridan ehtiyot bo‘lish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, internet makonida uchrashi mumkin bo‘lgan turli tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash, noma’lum manbalardan kelgan xabar va fayllarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, kiberxavfsizlik va internetdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar oldilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube