Registrator ofisi tomonidan Rus filologiyasi fakulteti talabalari uchun tanishtiruv uchrashuvi o‘tkazildi
2025-yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Registrator ofisi tomonidan Rus filologiyasi fakulteti talabalari uchun tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Ahmedov Abdulaziz Mashrabovichning kirish so‘zi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng ma’lumotlar bazasi menejeri Umarov Abdurasul Abduraxmanovich tomonidan Registrator ofisining vazifalari, kundalik murojaatlar bilan ishlash tartibi, talabalarga ko‘rsatiladigan xizmatlar va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida talabalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniq va amaliy tushuntirishlar taqdim etildi:
• Registrator ofisining asosiy funksiyalari;
• arizalarni qabul qilish mexanizmi;
• elektron xizmatlardan foydalanish tartibi;
• ma’lumotnomalar olish bo‘yicha yo‘riqnoma;
• yagona markaz orqali ko‘rsatilayotgan 64 dan ortiq xizmatlar haqida ma’lumot.
Shuningdek, talabalarga kontrakt to‘lov jarayoni, to‘lov usullari va contract.edu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar berildi.
