Sharq filologiyasi fakultetida “Hissiy aqlilik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Sharq filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Odilova bilan hamkorlikda fakultet professor-o‘qituvchilari uchun “Hissiy aqlilik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-trening professor-o‘qituvchilar faoliyatida uchraydigan psixologik zo‘riqish va kasbiy charchoqni yengillashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning psixologik ildizlarini aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish hamda bartaraf etishga qaratildi.
Seminar mavzusining asosiy maqsadi — emotsional intellektni shaxsiy fazilat emas, balki ilmiy asoslangan professional kompetensiya sifatida anglash va rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Trening davomida o‘qituvchilarga dars jarayonida o‘z hissiyotlarini anglash va boshqarish, talaba xatti-harakatlarini shaxsiy munosabat sifatida emas, balki psixologik signal sifatida qabul qilish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
Seminar-trening interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilib, unda:
• art-terapiya mashqlari,
• ro‘lli o‘yinlar,
• hissiy gimnastika usullaridan foydalanildi.
Mazkur seminar professor-o‘qituvchilarning emotsional barqarorligini mustahkamlash, kasbiy faoliyatda samaradorlikni oshirish va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.