13-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev tomonidan 1–2-bosqich talabalari ishtirokida Maʼrifat darsi tashkil etildi.

Mazkur maʼrifiy tadbir buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bagʻishlandi.

Dars davomida fakultet dekani ikki buyuk allomaning hayoti va ijodiy merosi, ularning o‘zbek va jahon adabiyoti rivojidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirib o‘tdi. Shuningdek, mutafakkirlar asarlarida ilgari surilgan maʼnaviy-axloqiy g‘oyalar, ularning bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Tadbir jarayonida allomalar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar hamda videoroliklar namoyish etilib, talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. Mazkur materiallar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda yordam beradi.

Shu kabi maʼrifat darslari talabalarning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish, ularda buyuk ajdodlarimiz merosiga nisbatan chuqur qiziqish uyg‘otish hamda maʼrifiy bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube