“Talabalar bahori” festivali doirasida gastronomik tadbir tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilayotgan “Talabalar bahori” festivali doirasida “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov so‘zga chiqib, festival ishtirokchilarini qutladi hamda bunday loyihalar yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zDJTU tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga badiiy va ilmiy adabiyotlardan iborat kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Orolbo‘yi hududiga xos baliq taomlari bilan tanishib, milliy gastronomik merosimiz namunalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
