“TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQASIDA O‘ZDJTU TERMA JAMOASINING YUTUQLARI

9–10 aprel kunlari Toshkent shahridagi “Sag‘bon” kurash markazida sportning kurash turi bo‘yicha talaba-yigitlar va qizlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan kuchli polvonlar turli vazn toifalarida o‘zaro bellashdilar. Musobaqa juda qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi.

Quvonarlisi, yakuniy natijalarga ko‘ra O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) terma jamoasi a’zolari yuqori natijalarni qayd etib, umumiy hisobda 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar hamda Respublika final bosqichiga yo‘llanma oldilar.

 G‘olib va sovrindorlar:
 1-o‘rin — Abduvaliyeva Asel (Angren fakulteti)
 2-o‘rin — Botirova Sevinch (Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti)
 2-o‘rin — Sulaymonova Mo‘tabar (Ingliz tili 1-fakulteti)
 2-o‘rin — Jolmurzaeva Zuxra (Tarjimonlik fakulteti)
 3-o‘rin — Egamov Xusan (Roman-german filologiyasi fakulteti)
 3-o‘rin — Mamajonov Muhammadjon (Ingliz tili 1-fakulteti)
 3-o‘rin — Pardayeva Ro‘zihol (Ingliz filologiyasi fakulteti)
 3-o‘rin — Javbo‘riyeva Oltinoy (Roman-german filologiyasi fakulteti)

Ushbu natijalar universitet talabalari sport sohasida ham yuqori salohiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi. Endilikda jamoa vakillari Respublika final bosqichida ishtirok etib, yanada yuksak natijalarni qo‘lga kiritish uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube