Tayinlov

Maxmudova Nargiza Alimovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi mudiri, professor v.b. lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nargiza Maxmudova 1980-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2001-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2003-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, 2007-yilda Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi — tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili), menejment. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent hamda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Nargiza Alimovnani yangi mas’uliyatli lavozimi bilan tabriklaymiz va faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

1997–2001 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.

2001–2003 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi.

2004–2010 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura fakulteti Til va tarjima kafedrasi o‘qituvchisi.

2010–2012 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Til, adabiyot nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2012–2013 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2013–2017 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2017–2021 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2021–2025 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi dotsenti.

2025-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi mudiri, professor v.b.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube