TIKA ko‘magida O‘zDJTUda “Turk tili va tarjima markazi” tashkil etildi
Joriy yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida TIKA loyiha koordinatori bilan o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar amaliy natija berdi. Mazkur uchrashuv davomida Tarjimonlik fakultetida TIKA moliyaviy ko‘magida “Turk tili va tarjima markazi” hamda sinxron tarjima laboratoriyasini tashkil etish masalalari muhokama qilingan edi.
Bugungi kunda ushbu loyiha doirasida Tarjimonlik fakultetida “Turk tili va tarjima markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Turkiyaning TIKA xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi homiyligida universitet uchun 4 ta zamonaviy o‘quv xonasi to‘liq jihozlandi.
Loyiha doirasida o‘quv xonalari zamonaviy o‘quv stollari, yumshoq o‘rindiqli stullar, katta o‘lchamli interaktiv panel (aqlli doska), interaktiv panel uchun mobil stend, o‘qituvchi stoli, konditsioner (split tizim), videokuzatuv (CCTV) kameralari hamda zamonaviy LED yoritish tizimi bilan ta’minlandi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va TIKA o‘rtasidagi samarali hamkorlikning navbatdagi amaliy natijasi bo‘lib, kelgusida ham ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni izchil rivojlantirishga mustahkam zamin yaratadi.
2026-07-27 01-07