Turkiya–O‘zbekiston hamkorligi doirasidagi xalqaro almashinuv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi

Turkiya–O‘zbekiston hamkorligi doirasidagi xalqaro almashinuv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi

14-iyun kuni “Qadimiy so‘z izida: Turkiya–O‘zbekiston til va adabiyoti mutaxassislar almashinuvi dasturi” doirasida Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari O‘zbekistonning tarixiy shaharlari — Samarqand va Buxoro bo‘ylab sayohat qildilar.

Tashrif davomida mehmonlar Samarqandning boy tarixini aks ettiruvchi me’moriy obidalar, muqaddas qadamjolar hamda buyuk allomalar merosi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Buxoroning qadimiy ko‘chalari va tarixiy yodgorliklari ularda unutilmas taassurot qoldirdi.

Mehmonlar O‘zbekiston xalqining samimiy mehmondo‘stligi, boy madaniyati va milliy an’analarini yuksak baholab, ushbu tashrif ular uchun mazmunli va esda qolarli bo‘lganini ta’kidladilar.

Dastur yakunida delegatsiya Toshkent shahridan samimiy ruhda kuzatib qo‘yildi. Bir necha kun davom etgan ilmiy uchrashuvlar, tajriba almashinuvi va madaniy muloqotlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamladi.

Turkiyalik mehmonlar kelgusida ham ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni izchil davom ettirish istagini bildirib, tashrifni yuksak darajada tashkil etgan mezbonlarga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

Ishonamizki, mazkur loyiha doirasida yo‘lga qo‘yilgan do‘stona aloqalar va hamkorlik kelgusida yangi tashabbuslar hamda istiqbolli loyihalar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube