10-fevral kuni University of Alba Iulia doktoranti Ismet Dilaver O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasiga Erasmus+ KA171 xalqaro akademik almashinuv dasturi doirasida tashrif buyurdi.

Tashrif davomida doktorant o‘zining “(Re)visions and (Sub)versions of the American Dream in Selected Works of American Literature” nomli ilmiy tadqiqot mavzusi yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Ma’ruzada Amerika orzusi (American Dream) konsepsiyasining tarixiy shakllanishi, uning adabiy talqinlari hamda turli davrlarda mazkur g‘oyaning evolyutsiyasi atroflicha tahlil qilindi.

Tadbir professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va doktorantlar ishtirokida kechib, adabiyotshunoslik hamda zamonaviy gumanitar tadqiqotlar doirasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini yaratdi. Ilmiy uchrashuv ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda yakunlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube