Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari faoliyati samarali davom etmoqda

2025-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova va XT2-2214 guruhi talabası Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida navbatdagi ingliz tili to‘garagi o‘tkazildi. Mashg‘ulot “Speaking skills: enhancing students’ speaking skill through discussion and communication. Learning linking words” mavzusida bo‘lib, 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruhlar bilan sinov tarzida amalga oshirildi.

 

 

Dars davomida o‘quvchilarga “and”, “but”, “however”, “in addition”, “therefore”, “as a result” kabi linking wordsning ma’nolari, gaplar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanish va nutqni mantiqiy ifodalashdagi o‘rni tushuntirildi. Keyin kichik guruhlar bilan munozara (discussion), juftlikda suhbat (pair-work), rol o‘ynash (role-play) va qisqa matnlarni muloqot orqali tahlil qilish mashqlari bajarildi. Bu jarayon orqali o‘quvchilar linking wordsdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar berilgan vaziyatlar asosida erkin va mantiqiy fikrlarini bayon qildilar, suhbat davomida yangi bog‘lovchi so‘zlardan faol foydalanib, nutq ravonligini sezilarli darajada yaxshiladi. Ushbu to‘garak o‘quvchilarda ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmasini rivojlantirishga, fikrni aniq, mantiqiy va ravon ifodalashga yordam berdi hamda ular orasida til o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube