Yoshlar kuni

12-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir davomida fakultet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov tomonidan talabalarga musobaqaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

 

 

Ushbu harbiy-sport musobaqasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilib, talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda harbiy-amaliy sport turlarini keng ommalashtirishni maqsad qilgan.

Tadbir davomida masʼullar tomonidan musobaqa shartlari, uning o‘tkazilish tartibi hamda qonun-qoidalari haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, musobaqaning har bir bosqichi, unda ishtirok etish talablari hamda baholash mezonlari yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur tushuntirish ishlari talabalarda musobaqaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni harbiy-sport faoliyatiga jalb etish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube