Malaka oshirish dasturini amalga oshiruvchi xodimlarga qo‘yilgan mezonlar va talablar ro‘yxati.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash a’zolarini, shuningdek shartnoma asosida mamlakatning boshqa oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali pedagog kadrlarini va xorijiy mutaxassislarni, o‘quv-uslubiy xodimlar va amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etishni ta’minlaydi;

rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;

malaka oshirishning to‘g‘ridan to‘g‘ri va kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini amaliyotga to‘liq joriy etilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

rahbar va pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqib ularni kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan uzluksiz malaka oshirishning shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish;

ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali rahbar va pedagog kadrlarning tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish.

Mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

ochiq o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish;

iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlash;

ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashish;

ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;

ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;

ilmiy loyihalarda ishtirok etish;

xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar e’lon qilish;

ixtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish;

monografiya, mualliflik ijodiy ishlar katalogini tayyorlash va nashrdan chiqarish;

o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma)ni tayyorlash va nashrdan chiqarish;

falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik qilish.

Ochiq o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish — zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’limning interaktiv metodlarini qo‘llagan holda akademik guruhlarda jadval bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘rnatilgan tartibda keng muhokama qilish.

Iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlash - dars berayotgan fanlari bo‘yicha talabalarning respublika va xalqaro miqyosidagi fan olimpiadalari, sport musobaqalari, san’at sohasidagi ko‘rik tanlovlar va

ko‘rgazmalarning sovrindorlarini tayyorlash hamda iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlashda faollik ko‘rsatish.

Ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashish - fan va amaliyot, o‘qitish metodikasi va texnologiyasining dolzarb muammolarini hal etishga va o‘quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan dolzarb mavzulari, innovatsion yo‘nalishlari bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar, davra suhbatlari, seminarlarda ilmiy yoki ilmiymetodik ma’ruzalar (axborotlar) bilan chiqish.

Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish - mustaqil ravishda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalariga yo‘naltirilgan (mutaxassisligi doirasida) muhim mavzular bo‘yicha olib borilgan tadqiqot (empirik) natijalari, tahlillari, ratsionalizatorlik g‘oyalari va ishlanmalarini dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar, shu jumladan elektron ilmiytexnik jurnallarda e’lon qilish.

Ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish - mashg‘ulot olib borayotgan fanlari bo‘yicha ijodiy ish natijalarini respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlovlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etish orqali ommalashtirish, sovrindor bo‘lish.

Ilmiy loyihalarda ishtirok etish - xalqaro loyihalar va dasturlar, shuningdek fan va texnologik taraqqiyotning bugungi darajasi bilan kadrlar tayyorlash ta’lim mazmuni, sifatini oshirish orasidagi uzviylikni rivojlantirish maqsadida fundamental, innovatsion va amaliy loyihalarga, xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ishlarga, shuningdek xalqaro miqyosdagi loyihalarga rahbarlik qilish yoki ishtirokchi sifatida faoliyat olib borish.

Xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar e’lon qilish - mustaqil ravishda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalariga yo‘naltirilgan muhim mavzular bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari, tahlillari, ratsionalizatorlik va innovatsion g‘oyalarini xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli yoki impakt-faktorli ilmiy jurnallarda e’lon qilish.

Ixtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish - sohaning dolzarb masalalariga yo‘naltirilgan tadqiqot natijalari asosida mahsulot va ishlanmalarni yaratish

Monografiya, mualliflik ijodiy ishlar katalogini tayyorlash va nashrdan chiqarish - aynan ilmiy-tadqiqot mavzusi natijalari yoki mualliflik ijodiy ishlari asosida tayyorlangan asar(katalog)ni bosma nashr etish.

O‘quv adabiyotlarini tayyorlash - davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablar asosida tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy tajribalar asosida yangi avlod o‘quv (elektron) adabiyotlar (darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma)ni yaratish va o‘rnatilgan tartibda ta’lim amaliyotiga joriy etish.

Ilmiy rahbarligida falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi - ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashdagi faolligi, rahbarligida falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlangan va himoya qilingan dissertatsiya

User Image
Baholash bo’yicha professor-o’qituvchilarning malaka oshirish tartibi
User Image
Qayta tayyorlov kursi bo`yicha ma`lumot.
User Image
Malaka oshirish tartibi.
User Image
Mezonlar va talabalar.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube