10-aprel kuni O‘zDJTUda Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Mazkur anjumanni universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Konferensiyaga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi raisi A.R.Rahmonov raislik qildi.
Hisobot-saylov konferensiyasi davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil iyun oyidan 2025-yil mart oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan batafsil hisobot tinglandi. Qo‘mitaning o‘tgan yillarda amalga oshirgan ishlari, jamoa manfaatlarini himoya qilish borasidagi tashabbuslari va erishilgan yutuqlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, konferensiya kun tartibida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasining navbatdagi konferensiyasiga universitetdan delegatlar saylandi.
Tadbir doirasida yana bir muhim masala — universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan nomzod — Matyakubov Davlat Ruzmatovich yopiq ovoz berish yo‘li bilan qayta saylandi.
Konferensiya do‘stona ruhda va yuqori faollikda o‘tdi. Yangi tarkibdagi Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga universitet jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash va xodimlar bilan samarali muloqotni rivojlantirish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!