OʻzDJTU talabalari OʻzMUda: bilim va tajriba makoni

22- dekabr kuni  Ingiliz tili 1-fakulteti Kompyuter lingvistikasi yoʻnalishida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarning mantiqiy davomi sifatida yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi. Shu munosabat bilan Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi o‘qituvchilari Umarova Nodira, Muxammadiyeva Kibriyo, Qodirberganova Shahodat hamrohligida OʻzDJTU 1-ingliz tili fakulteti talabalari OʻzMUga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar “Kompyuter lingvistikasi” kafedrasi, soha laboratoriyalari hamda Amaliy matematika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohaning yetuk mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Avval aytib o‘tganimizdek, Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi mahorat darsi tashkil etililib, O‘zbekiston Milliy universiteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi ishtirok etgan edi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube