26-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Abramova Navbahor To‘lqinjon qizi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tilini o‘qitishda talabalar yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda lingvomadaniy yondashuv” mavzusida tayyorlangan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasini amalga oshirdi.
Himoya jarayonida dissertatsiya ishining ilmiy asoslari, tadqiqot natijalari va amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi. Ilmiy rahbar tomonidan berilgan xulosa tinglandi hamda rasmiy opponentlar ishtirokida dissertatsiya yuzasidan savol-javob va ilmiy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Majlis yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda muhokamadan o‘tkazilib, himoya jarayoni ochiq va ishchan muhitda tashkil etildi.