O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI (https://t.me/qaytatayyorlashvamalakaoshirish) UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI (https://t.me/qaytatayyorlashvamalakaoshirish)
2026-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT NAZARIYA VA AMALIYOT-II” nomli navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi o‘z ishini boshladi.
Kursning ochilish marosimida O'zDJTUning Sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Boltabayev Maxmudjon Rustamovich so‘zga chiqib, bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalarining oliy ta’lim tizimidagi strategik ahamiyati, sun’iy intellekt pedagogik jarayon samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda boshqaruv va metodik faoliyatni modernizatsiya qilishda muhim omil ekanini alohida ta’kidladi.
Mazkur kursda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Dastlabki mashg‘ulot Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining bosh mutaxassisi Nasrullayev To‘lqinjon Ismatulla o‘g‘li tomonidan “Sun’iy intellekt va uning til ta’limidagi nazariy asoslari” mavzusida olib borildi.
Mashg‘ulot davomida sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi o‘rni, xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llash imkoniyatlari hamda pedagogik jarayonga integratsiya qilishning zamonaviy yondashuvlari keng yoritildi. Tinglovchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tavsiyalarni ham egallab, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim kompetensiyalarni shakllantirmoqdalar.