OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI

OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАЪLIM VАZIRINING

BUYRUG‘I

2018 yil "27" iyun № 563 Toshkent sh.

Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha hujjatlarni joylarda qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq o‘qishni ko‘chirish va o‘qishga qayta tiklash masalalari bo‘yicha murojaat etayotgan talabalarga hududlar doirasida zarur qulayliklar yaratish maqsadida

BUYURAMAN:

“Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-8-bandlariga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizalarni qabul qilish uchun quyidagi oliy ta’lim muassasalarida hududiy Ishchi guruhlar tashkil etilsin:

Hududlar

nomi

Mas’ul oliy ta’lim

OTM rektori - Ishchi guruh rahbari

1

Qoraqalpog’iston

Respublikasi

Qoraqalpoq davlat universiteti

Reyimov A.K.

2

Andijon viloyati

Andijon davlat universiteti

Yuldashev A.

3

Buxoro viloyati

Buxoro muhandislik- texnologiya instituti

Muqamedxanov U.

4

Jizzax viloyati

Jizzax politexnika instituti

Usmonqulov A.Q.

5

Qashqadaryo viloyati

Qarshi davlat universiteti

Shoimqulov B.A.

6

Navoiy viloyati

Navoiy davlat konchilik instituti

Sanaqulov Q.

7

Namangan viloyati

Namangan davlat universiteti

Inoyatov U.I.

8

Samarqand viloyati

Samarqand davlat universiteti

Xalmuradov R.I.

9

Sirdaryo viloyati

Guliston davlat universiteti

Xodjiyev M.T.

10

Surxondaryo viloyati

Termiz davlat universiteti

Toshqulov A.X.

11

Farg’ona viloyati

Farg‘ona politexnika instituti

Otaqulov O.X.

12

Xorazm viloyati

Urganch davlat universiteti

Abdullayev B.I.

13

Toshkent shahri va Toshkent viloyati

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Sharipov Sh.S.

2. Hududiy Ishchi guruhlari rahbarlariga:

Ishchi guruhlar tarkibiga 5-7-nafar yuqori malakali, tajribali, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan xodimlarni jalb etish;

Ishchi guruhga murojaat etgan fuqarolarga tegishli shart-sharoitlar yaratish va “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablarini keng tushuntirish ishlarini olib borish;

Ishchi guruhlarga nusxa olish apparati (kseroks), telefon va internet tarmog‘iga bog‘langan zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan xona ajratish;

Ishchi guruhlarni joriy yilning 15 iyul kunidan 5 avgustig‘a qadar, (talabalar o‘qishini ko‘chirish uzrli sabablarga ko‘ra (bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yohud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) horijdagi davlat xizmatidan qaytgan)lar uchun - joriy yilning 20 dekabridan 2019 yilning 20 yanvariga qadar) har kuni soat 900 dan 1700 gacha (yakshanba - dam olish kuni; shanba — soat 900 dan 1500 gacha) faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda hududiy ommaviy axborot vositalari, OTMning veb-sayti orqali Ishchi guruh faoliyati haqida e’lon qilish vazifalari yuklatilsin.

3. “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta

tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-8-bandlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy rioya qilish, shu bilan birga talabalar arizalarini to‘ldirishda quyidagi ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash, jumladan: '

talabaning (sobiq talabaning) familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, telefon raqamlari, imzosi;

talaba o‘qiyotgan (ilgari o‘qigan) va o‘qishi ko‘chirilayotgan (qayta tiklanayotgan) oliy ta’lim muassasasining nomi, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) shifri va nomi, kursi (shuningdek, ixtiyoriy ravishda talaba o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari ko‘rsatilishi mumkin);

xududiy Ishchi guruh rahbari imzosi bilan tasdiqlangan yakuniy ma’lumotlarni (Myugozoy \Uogb 2003 formatida, Ptez Iye\u Iotap shriftida) 2018 yilning 6 avgust (2019 yilning 21 yanvar) kuni vazirlik komissiyasiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.

4. Fuqarolardan arizalar qabul qilish jarayoni uyushqoqlik bilan tashkil etilishi, salbiy holatlarga yo‘l quyilmasligi, har bir tartibbuzarlik yuzasidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilishi va tegishli choralar ko‘rilishi shaxsan Hududiy Ishchi guruh rahbari - oliy ta’lim muassasasi rektori zimmasiga yuklatilsin.

5. Mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq fuqarolar hamda hududiy Ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan arizalarni vazirlikning o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqish Komissiyasi quyidagi tarkibda tasdiqlansin;

Xodimning F.I.Sh

Lavozimi

1

Nabiyev D.X.

Vazirning birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi

2

Xoliqov A.J.

Kadrlarni tayyorlash va OTMni tashkiliy-metodik ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i

3

Allaberganov R.K.

R1azorat va monitoring boshqarmasi boshlig‘i

4

Suleymanova R.X.

Bosh yuriskonsult

5

Xamrayev M.S.

Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi bosh mutaxassisi

6

Abduraximov Q.S.

Kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi

7

Mamanazarov A.A.

Oliy ta’limni rivojlantirish dasturi monitoringi bo‘limi yetakchi mutaxassisi

6.  Vazirlik Komissiyasi (Nabiyev D.X.)ga:

“Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan ^chetlashtirish tartibi to‘g‘risida,5gi Nizomning 7-8- oandlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi, shuningdek tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar vakolatlari doirasida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan arizalarni joriy yilning 10 avgustiga qadar taalluqliligi bo‘yicha Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasiga, tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish;

“Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qat’iy rioya qilgan holda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi vazirlik vakolatida bo‘lgan arizalarni belgilangan tartibda ko‘rib borish, tahlil qilish hamda natijalari to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni tegishli oliy ta’lim muassasalariga hamda ariza beruvchilarga belgilangan muddatlarda yetkazish; " '

horijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish istagini bildirgan shaxslardan sinovlarni (test yoki yozma ish) qabul qilishni ta’minlash va natijasi yuzasidan Idoralararo komissiyasiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

7. Mazkur buyruq ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman

Vazir                                                                                              I.Madjidov

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi