Qo'ng'irotov Eldor Eshmurotovich
O'zDJTU Yoshlar ittifoqi yetakchisi

YOSHLAR ITTIFOQI O`ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TASHKILOTI

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O`zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi boshlang’ich tashkiloti tarkibida Universitet yoshlar yetakchisi, 7ta yo`nalish va 10ta fakultet koordinatorlari mavjud boʻlib, ular bilan @yoshlarittifoqi_uzdjtu telegram va instagram sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.

Yoshlar Ittifoqi O`zDJTU boshlang`ich tashkiloti jamoasining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

–Yoshlarga oid davlat siyosatini talaba-yoshlar orasida keng targ`ib qilish;

–Talaba-yoshlarning huquqlarini ta`minlash va ularning manfaatlarini himoya qilish;

–Talaba-yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

–Talaba-yoshlarning tashabbus va iqtidorlarini qo’llab-quvvatlash;

–Talaba-yoshlarda jamoa bilan ishlash ko’nikmasi, liderlik va notiqlik mahoratini shakllantirish;

–Universitet ijtimoiy hayotida faol talaba-yoshlarni rag’batlantirish;

–Talaba-yoshlarning qo’shimcha kasbiy mahoratga ega bo’lish va yangi loyihalarni yaratishda ijodiy salohiyatini ochish;

–Talaba-yoshlarda kelib chiqayotgan qiyinchiliklar va muammolarni hal qilishda yordam berish va hokazo.

 Yoshlar Ittifoqi O`zDJTU boshlang`ich tashkiloti jamoasi universitet ijtimoiy hayoti uchun foydali bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda:

– “Amaliy san`at ustalari” klubi;

– “Yosh kitobxon” klubi;

– “O`zbekiston bo`ylab sayohat” loyihasi;

– “O`zbekiston yoshlar forumi” loyihasi;

– “Zakovat” intellektual klubi;

– “Yoshlar festivali“ loyihasi;

– “TedxUzSWLU” loyihasi va hokazo.

Yoshlar Ittifoqi O`zDJTU boshlang`ich tashkiloti jamoasi tomonidan 2023-2024-yillarda bir qator loyihalar amalga oshirildi.  Jumladan, “Xalqaro talabalar” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Yoshlar festivali-2023”dir. Festival o‘z ichida quyidagi loyihalarni qamrab oldi:

1.  “Zakovat” intellektual o‘yini

2.  “Mening universitetim” nomli videoroliklar tanlovi

3.  Talent show

4.  ‘‘Students` party’’

5.  “Munozara” debat o‘yini

6.  Movie night

7.  ‘‘Osh’’ chempionati

8.  “Mening universitetim” nomli videoroliklar tanlovi

9.  “Talabalar teatr studiyalari” va hokazo.

 Festival doirasidagi loyihalarda  mingdan ortiq talaba yoshlar qamrab olindi. Festival doirasidagi loyiha g‘oliblari universitet tomonidan pul mukofoti, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Festival turli xil iqtidorli talaba yoshlarni kashf etdi.

2023-yilning fevral oyida esa “Yoshlar festivali-2024” tashkil etildi.  Ushbu festival “O`zbekiston yoshlar forumi” bilan ajralib turdi. Forumning o`zi 12ming talaba-yoshlarni o`z ichiga qamrab oldi. Festival doirasida quyidagi loyihalar bo`lib o`tdi:

1.  “O`zbekiston yoshlar forumi”

2.  “Quvnoqlar va zukkolar” ko`rik-tanlovi “Rektor kubogi”

3.  “Zakovat” intellektual o‘yini

4.  ‘‘Students` party’’

5.  “Munozara” debat o‘yini

6.  Movie night

7.  Talent show

8.  Sport o`yinlari bo`yicha ‘‘Rektor kubogi’’

9.  “Besh tashabbus” doirasida Kibersport o`yinlari va hokazo.

Ushbu festivallarni o‘tkazish hamda g‘oliblarni rag`batlantirish uchun universitetning budjetdan tashqari mablag`lari hisobidan 300 million so‘mdan ko‘proq pul mablag‘lari ajratildi.

Hurmatli universitetimizning zukko, bilimga chanqoq va iste`dodli talaba-yoshlari!

Sizlar kelajakdagi karyerangizni bilimingiz va faolligingiz bilan amalga oshirasiz. Yoshlar Ittifoqi O`zDJTU boshlang`ich tashkiloti jamoasining asosiy maqsadi ham sizning intilish va harakatlaringizni qo’llab-quvvatlashdir.

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi