Xorijlik abituriyentlar diqqatiga! Siz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qimoqchimisiz? Unda quyidagi ssilka orqali ro‘yxatdan o‘ting!  https://uzswlu.uz/xalqaro-hamkorlik  va https://studyin-uzbekistan.uz/universities/35/

Hozirgi kunda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti dunyoning 180dan ortiqoliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlikqilmoqda. Ular AQSH, Yevropa, G’arb, Arab, Afrika va MDH davlatlarining oliy ta’lim muasasalaridir. Ularorasida dunyoning TOP universitetlari, jumladan, Arizona Universiteti, Vebster Universiteti, PerdyuUniversiteti (AQSH), Sank-Peterburg DavlatUniversiteti, Moskva Davlat lingvistika Universiteti, Qozon Federal Universiteti (Rossiya), Sorbonnauniversiteti, Parij 2 universiteti (Fransiya), Gumboldtuniversiteti, Heidelberg universiteti, Bochum-Ruruniversiteti (Germaniya), Sevilya universiteti, Jaen universiteti, Kadis universiteti (Ispaniya), Reading universiteti, Portsmut universiteti (Buyuk Britaniya), Sulton Qabus universiteti (Oʻmon Sultonligi), Pekin xorijiy tillar universiteti, Shanxay xorijiy tillaruniversiteti, Tyanjin xorijiy tillar universiteti, Pekin tillar va madaniyat universiteti (Xitoy), Toyo universiteti, Tsukuba universiteti, Wakayama universiteti, Yaponiya raqamli universiteti, Tokioonlayn universiteti (Yaponiya), Soongsil  universiteti, Pusan xorijiy tillar universiteti (Koreya), Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Xalqlar do‘stligi universiteti (Qozog‘iston) vaboshqalar. 
 

Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari talabalar, ilmiyxodimlar, oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlaralmashinuvi, qoʻshma va xalqaro taʼlim va ilmiyloyihalar, oʻquv-uslubiy adabiyotlar va ilmiy maqolalarchop ettirish, xalqaro konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, seminarlar, vebinarlar, o‘qituvchilarmalakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, qishki vayozgi maktablar tashkil qilish va boshqalar.
 

Joriy oʻquv yilida 200ga yaqin professor-oʻqituvchi va 200dan ortiq talaba (bakalavr, magistr, doktorant) hamkor universitetlarga oʻqish, malakaoshirish kurslarida qatnashish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, vebinarlarda ishtirok etish imkoniyatigaega bo’ldilar. Universitetning rasmiy delegatsiyaa’zolari xorijiy mamlakatlar universitetlarigahamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yichamuzokaralar olib borish uchun tashrif buyurdilar.
 

Hamkor universitetlar, elchixonalar, AQSH elchixonasi, KOICA, JICA, TIKA va shu kabi xalqarotashkilotlar universitet talabalari va oʻqituvchilariuchun maʼruzalar oʻqish, amaliy mashgʻulotlar vamahorat darslarini oʻtkazish uchun koʻngillioʻqituvchilarni universitetimizga yubormoqda.
 

Universitet har yili xorijiy davlatlarningO‘zbekistondagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlar vauniversitetlar bilan hamkorlikda xalqarokonferensiyalar tashkil etadi. Jumladan, AQSHningOʻzbekistondagi elchixonasi har yili mamlakatimizdaingliz tilini oʻqitishni rivojlantirish boʻyicha xalqarokonferensiya oʻtkazishga moliyaviy koʻmak beradi. Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasibilan hamkorlikda PRESETT loyihasi boʻyicha xalqarokonferensiya tashkil qilinadi. Toshkentdagi arabdavlatlarining elchixonalari har yili dekabr oyida BMT tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro arab tili kuni”gabag‘ishlangan yillik xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlamoqda. 
 

Universitet talabalari, tadqiqotchilari vaoʻqituvchilari hamkorlar tomonidan kelishilgan shartlarva qoidalar asosida malaka oshirish kurslari, ilmiyloyihalar, xalqaro konferentsiyalar va seminarlardaishtirok etish uchun hamkor universitetlarga tashrifbuyurishadi.  Oʻz navbatida hamkor universitetlarvakillari oʻzaro hamkorlik asosida universitetga tashrifbuyuradi.
 

Talabalar va o‘qituvchilar, fakultet rahbarlari turliko‘rik-tanlov, viktorina va tadbirlarda faol ishtiroketib, bunday tadbirlarda yetakchi o‘rinlarni egallabkelmoqda.  Jumladan, xitoy tilini o‘rganayotgano‘quvchilar “Xitoy ko‘prigi” tanlovida ishtirok etib, dastlabki uch o‘rinni egalladi va bu yil Pekinda bo‘libo‘tadigan tanlovning final bosqichida ishtirok etadi. Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidano‘tkazilgan Nutq tanlovi (Speech Contest)da yapon tiliguruhi talabalari ham yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Talabalar va o‘qituvchilar, fakultet rahbarlari turliko‘rik-tanlov, viktorina va tadbirlarda faol ishtiroketib, bunday tadbirlarda yetakchi o‘rinlarni egallabkelmoqda.  Jumladan, xitoy tilini o‘rganayotgano‘quvchilar “Xitoy ko‘prigi” tanlovida ishtirok etib, dastlabki uch o‘rinni egalladi va bu yil Pekinda bo‘libo‘tadigan tanlovning final bosqichida ishtirok etadi. Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidano‘tkazilgan Nutq tanlovi (Speech Contest)da yapon tiliguruhi talabalari ham yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Rus filologiyasi fakulteti dekani rus tili boʻyicha eng yaxshipedagog xalqaro tanlovida ishtirok etib, 1-oʻrinni egalladi va 2024-yil sentabr oyida Rossiya Federatsiyasida boʻlib oʻtadigan sovrinlarni topshirishmarosimida ishtirok etadi.
Hozirgi kunda universitet Yaponiya raqamliuniversiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti vaRossiyaning Adigey davlat universiteti bilan qoshmata’lim dasturini amalga oshirib kelmoqda.  Hozirgikunda Xitoy, Rossiya va Turkiya universitetlari bilanqoʻsh diplom dasturlarini joriy etish ustida ish olibborilmoqda.
Xorijiy talabalarni oʻzbek xalqining madaniyati, tarixi va anʼanalari bilan tanishtirish maqsadida, Universitet qishki va yozgi lagerlar yoki til kurslari vaOʻzbekistonning tarixiy shaharlariga sayohatlarni oʻzichiga olgan dasturlarni tashkil etadi.  AQShningArizona universiteti va Germaniya universitetlaritalabalari uchun ham shunday dasturlarni tashkil qildi.  Bu yil Xitoy, Yaponiya va Indoneziyadan talabalarnimana shunday dasturlarda ishtirok etishlarirejalashtirilgan.
 
Qoʻshimcha ma’lumot olish uchun biz bilanbogʻlaning:
Телефон:    +998761 230 12 89 Телеграм:   +998 97 449 09 67, +998 90 185 38 04
Email: international@uzswlu.uz

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube