“Yashil kelajak” marafoni

Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni bo‘lib o‘tdi.

Marafon ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev, hududiy boshqarmalar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi. Shuningdek, aksiyada 1500 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar qatnashib, o‘z hissasini qo‘shdi. 


 

Marafon doirasida Nukus shahridagi 8 gektar yer maydoniga ega “Ziyolilar bog‘i”da 3000 tup, respublikaning 14 ta hududidagi barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga ajratilgan yer maydonida qariyb 100 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 12 foizni tashkil etmoqda.


   9-noyabr, 2024

“Ma’rifat ulashib” loyihasi asosida o’tkazilgan dastur avvalida, “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Taniqli yozuvchilar Erkin Aʼzam, Olimjon Davlatov va Xurshid Abdurashid, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat vakillari va talabalar birgalikda universitet hududiga yangi koʻchatlar ekishdi.

    

 24.04.2024

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘lari” tashkil etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” barpo etish marafoniga rasmiy start berildi.

Tantanali tadbirda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, shuningdek, 2000 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar ishtirok etdi. 

 


Shu bilan birga, mamlakatning 14 hududidagi oliy ta’lim muassasalari onlayn tarzda tadbirga ulanib, ushbu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Bahor mavsumida oliy ta’lim muassasalarida jami 648 ming tup daraxt ekish rejalashtirilgan.
15-mart kuni mamlakat bo‘ylab 30 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilib, oliy ta’lim muassasalari hududida yangi yashil maydonlar tashkil etildi. Jizzax politexnika institutining 1,5 gektar hududida 1700 tup daraxt ekildi.

 

15.03.2025

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube