O`zbekiston davlat jahon tillari UNIVERSITETINING QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH KO’RSATKICHI

Yer yuzida taraqqiyotning rivojlanishi foydalanilayotgan energiya turi va hajmi bilan har doim chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Bugungi kunda energiyadan foydalanish hajmi shunchalik ortmoqdaki, uning kelgusida yanada koʻpayishi biosfera, demakki, kelajakda insoniyatning rivojlanishi uchun ham katta xavf tugʻdiradi. Shu sababli butun dunyoda oʻtgan asrning oxirgi oʻn yilidan boshlab, energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalaridan biri hisoblanuvchi quyosh, suv, shamol, biomassa va geotermal energiya manbalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi.  “O’ZDJTU” universiteti ham yashil energetika siyosatini qo‘llab quvvatlaydi va hozirgi dunyo sandartlari asosida elektr energiya iste`molini optimizatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yo‘lini tanlamoqda.

2023-yilda universitetning barcha o‘quv va o‘quv binolarida umumiy quvvati 1320 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. O‘rnatilgan quyosh batareyalari hisobiga 650 ming kVt qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 585 million so‘m iqtisod qilindi. Hozirgi vaqtda u elektr energiyasiga bo'lgan talabning 33 foizini qoplaydi; Shuningdek 2023-yil o`rtalarida 2 tonnalik quyosh suv isitish moslamalari o‘rnatilib, ishga tushirildi va yiliga 45 000 000 so`mlik tabiiy gaz tejalmoqda. Quyosh energiyasini akkumulyatsiyalash tizimi universitetga o‘rnatildi. Ishlab chiqarilgan elektr energiya universitet jihozlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun foydalaniladi. Bu tizimning afzalligi, elektr taʼminotida uzilishlar sodir bo‘lganda isteʼmolchilarni ikki soatgacha uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni bo‘ladi.

User Image
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube