Axborot-resurs markazi ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 552-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi “Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 371-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Universitet axborot-resurs markazi to‘g‘risida nizom”, “Axborot-resurs markazida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-resurs markazida fondini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, “Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Axborot-kutubxona resurslarini axborot-resurs markazining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom”  va “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari”, 2011-yilda “O‘zDJTU axborot-resurs markazi elektron kutubxonasi to‘g‘risida Nizom”, 2018-yilda “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazini badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida Nizom" kabi me’yoriy-huquqiy xujjatlar, universitet kengashi qarorlari hamda rektorat buyruqlari ijrolarini ta’minlab kelmoqda.

Аxborot-resurs markazi 597496 nusxa fondiga ega:

Darsliklar 119674 nusxa, o‘quv qo‘llanmalar 178448 nusxa, ilmiy adabiyotlar 30647 nusxa, badiiy adabiyotlar 116258 nusxa va qo‘shimcha adabiyotlar 152469 nusxani tashkil etadi.
- Tillar bo‘yicha: o‘zbek tilida 153594, xorijiy tillarda 443902 nusxa adabiyotlardan iborat.

- 2024- yil uchun Respublika vaqtli matbuot nashrlariga 44 nomda 304 nusxa obuna tashkil qilingan.

- Respublikamizda 1952- yildan shu kunga qadar himoya qilingan 516 nusxada nomzodlik va doktorlik disserttsiyalari hamda 2818 nusxa avtoreferatlar mavjud;

- 1100 nomda adabiyotlarning elektron nusxalari hamda 50000 nomda adabiyotlar tavsiflangan ИРБИС 64 elektron katalogidan foydalanish imkoniyati yaratilgan;

- ilmiy jurnallarni va elektron o‘quv adabiyotlari o‘zida aks ettirgan Wed of Science, EBSCO, Springer Nature va Pivot-RP xalqaro ilmiy-taʼlimiy maʼlumotlar bazasilaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan;

- ko‘zi ojiz va ko‘rish a’zolari zaif talabalarga 85 nomda audio va har birida audiodisklari bo‘lgan 149 nusxa Lui Brayl yozuvida adabiyotlar mavjud;

- 23858 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatadi: Shunda 22162 nafar talabalar, 1006 nafar professor-o‘qituvchilar, 690 nafar ishchi xodimlarni tashkil etadi.

- Аxborot-resurs markazi (АRM) shaharning 4 ta xududida abonementlaridan kitobxonlarga uyda foydalanish uchun adabiyot beriladi;
- 1,2,3,4, - Talabalar turar joylarida АRM o‘quv zallari faoliyat yuritadi;

- Аxborot-resurs markazida 40767 nusxa adabiyotlarni o‘z ichiga olgan ochiq fondga ega 700 o‘rinli 6 ta o‘quv zallar mavjud;

- zamonaviy kompyuterlari bilan jihozlangan 5 ta 111 o‘rinli elektron kutubxona faoliyat yuritmoqda;

- xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarni va til ko‘nikmalarini mustaxkamlash uchun 2 ta 10 o‘rinli munozara xonalar;

- talabalarni ma’naviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda muhim sanalar hamda mashhur kishilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv, taqdimot, asar muhokamasi kabi qiziqarli tadbirlar va treniglar o‘tkazish uchun qulayliklar yaratilgan 36 o‘rinli anjumanlar zali;

- Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan barcha qulayliklarga ega va Koreya madaniyati, talaba-yoshlar orasida koreys tilini o‘rganishni targ‘ib qiluvchi 532 nusxa adabiyotlarga ega Korea Corner o‘quv zali;

- foydalanuvchilarga qulaylik yaratish va masofadan xizmat ko‘rsatish maqsadida axborot-resurs markazi web-sayti https://uzlib.uz/ va “Telegram” rasmiy kanali https://t.me/uzlibuz faoliyat yuritadi.

- Аholiga uyga adabiyot olib ketishdan boshqa barcha xizmatlar ko‘rsatiladi;

- Аxborot-resurs markazi dushanba-juma kunlari 8:30-22:00ga va shanba kunlari 8:30-17:00 ga qadar ishlaydi.

Наши партнеры
Карта сайта