18-fevral kuni Tarjimonlik fakulteti huzuridagi Tarjimashunoslik ilmiy tadqiqot institutida kengaytirilgan kafedra kengashi bo‘lib o‘tdi

Unda 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining Yetakchi tashkilot muhokamasi o‘tkazildi.

 

 

Kengashda Erejepova Aysuliu Asenbaevnaning “Turkiy tillarda zargarlik leksikasining lingvomadaniy xususiyatlari (o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Tadqiqot doirasida turkiy tillardagi zargarlikka oid leksik birliklarning semantik, etimologik va lingvomadaniy jihatlari tahlil qilindi.

Muhokamada taqrizchilar hamda ilmiy rahbar ishtirok etib, ishning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

 

 

Ilmiy muhokama an’anaviy shaklda hamda Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Tadbir davomida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan mutaxassislar tomonidan xulosa va tavsiyalar berildi.

Kengash yakunida taqdim etilgan ilmiy ish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube