21-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Janubiy Koreyaning Yeungnam universiteti professorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvni fakultet dekani Dilshod Djurayev universitet bilan tanishtirib, ochib berdi.

Mazkur uchrashuvda Yeungnam universiteti professori Mihyan Lee ishtirok etib, koreys tili oʻqituvchilari bilan tajriba almashdi. Professor Mihyan Lee koreys tilini oʻqitishning zamonaviy metodikasi, dars jarayonida interaktiv usullardan samarali foydalanish hamda til oʻrganishda kommunikativ yondashuvning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida koreys tilini xorijiy til sifatida oʻqitishda duch kelinadigan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Professor tomonidan taqdim etilgan metodik tavsiyalar oʻqituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, dars mashgʻulotlarini yanada samarali tashkil etish hamda talabalarning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga yordam beradi.

Mazkur uchrashuv Sharq filologiyasi fakulteti oʻqituvchilari uchun foydali tajriba almashuv maydoniga aylanishi bilan birga, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga ham imkon yaratdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube