“Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
IPMBIB boshlig‘i F. Habiyeva, bo‘lim psixologi Sh. Bo‘stonova, bo‘lim mutaxassisi M. Yo‘ldosheva hamda universitet profilaktika inspektori M. Nurmuhamedova tomonidan Sharq filologiyasi fakultetida “Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar ishtirok etib, oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari hamda uni oldini olishga qaratilgan samarali psixologik va ijtimoiy mexanizmlar keng muhokama qilindi.
Davra suhbati davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
shaxsiy chegaralarni belgilash va himoya qilish ko‘nikmalari
konfliktlarni konstruktiv hal etish usullari
stress va emotsional zo‘riqishni boshqarish yo‘llari
Shuningdek, ishtirokchilarga real hayotiy vaziyatlar asosida amaliy tavsiyalar berilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda psixologik himoya mexanizmlarini mustahkamlash masalalariga alohida urg‘u berildi.