O‘zDJTUda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi
30-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti sport maydonida talabalar o‘rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport ko‘rik-tanlovi musobaqalarining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada jami 45 nafar talaba o‘z fakultetlari sharafini munosib himoya qildi. Ishtirokchilar turgan joyidan uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish hamda granata uloqtirish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – Xalqaro jurnalistika fakulteti
2-o‘rin – Roman-german filologiyasi fakulteti
3-o‘rin – Sharq filologiyasi fakulteti
Shuningdek, musobaqada eng yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar saralanib, universitet terma jamoasi shakllantirildi. Hozirda ular hududiy bosqich musobaqalariga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
Barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda omad tilaymiz!