Xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi master-klass

"Tarjimonlik" fakulteti: "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish maqsadida navbatdagi nufuzli tadbir tashkil etildi.
Kafedra mudirasi PhD, dotsent E.T. Tursunnazarova hamda kafedra o‘qituvchisi, xalqaro bo‘limning Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha bosh mutaxassisi D. Xodjabekova
 tashabbusi bilan 
Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika mintaqalari bo‘yicha ta’lim islohoti rahbari,
Cambridge University Press & Assessment tarkibidagi
University of Cambridge hamkorlik ta’lim dasturlari bo‘limi vakili Steve King 
tomonidan “Student-based education method” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Master-klass davomida:
 talaba markazli ta’lim (student-centered learning) yondashuvi;
 interaktiv va innovatsion pedagogik texnologiyalar;
 muammoli vaziyatlarga asoslangan o‘qitish (PBL);
 guruhiy ishlar va loyiha metodlari;
 raqamli vositalardan samarali foydalanish;
bo‘yicha amaliy tavsiyalar va treninglar taqdim etildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda yosh tadqiqotchilar faol ishtirok etib, xalqaro tajriba almashish, savol-javob va muhokamalarda qatnashdilar. O'tkazilgan SEMINAR natijasida:
dars jarayoniga zamonaviy metodlarni integratsiya qilish bo‘yicha yangi g‘oyalar shakllandi;
 xorijiy hamkorlik istiqbollari kengaydi;
 kelgusida qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazish rejalashtirildi;
Mazkur master-klass universitetimizda ta’lim sifati va pedagogik mahoratni oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube