O'ZDJTU VA ADU QO'SHMA TA’LIM DASTURLARI

O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI (O’ZDJTU)

va ROSSIYANING ADIGEY DAVLAT UNIVERSITETI (ADU) Qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Ta’lim yo’nalishlari:

 

  1. Rus tili xorijiy til sifatida – RTXTS
  2. Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (kompyuter lingvistikasi) – AKT

O’qish muddati: 4 yil – 3 yil O’zDJTUda va 1 yil ADUda.

O’qishlarini muvaffayatli tamomlagan talabalarga ikkita diplom – O’zDJTU va ADUning davlat namunasidagi  diplomlari beriladi. RTXTS yo’nalishi bo’yicha o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar rus tili o’qituvchisi, ommaviy axborot vositalarida tahrirchi, tarjimon va davlar organlari xizmatchilari sifatida ishlashlari mumkin. AKT yo’nalishi bo’yicha o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar etakchi IT kompaniyalarida dasturchi, bilimni boshqarish tizimlarini yaratich, belgilarni optic tarzda aniqlash, nutqni avtomatik tarzda aniqlash va sintex qilish bo’yicha mutaxassis, davlat va xususiy tashkilotlar xodimi sifatida ishlashi hamda o’zlarining xususiy IT kompaniyalarini oshichi mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar: 1. ADU rektori nomiga ariza (berilgan shakl bo’yicha, namunasi ilova qilinadi). 2. Pasport nusxasi. 3. Attestat yoki diplom (litsey yoki kollejdan olingan) ilovasi bilan. 4. 3×4 hajmdagi fotosurat (1 dona).

MUHIM: Hujjatlar online topshiriladi. Barcha hujjatlar rangli skaner qilingan, PDF formatida saqlangan holda international.uzswlu.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Hujjatlarni elektron poshta orqali yuborgan vaqtda “Тема” degan joyga abiturientning F.I.Sh. va “ADUga hujjatlar” degan yozuv kiritilishi lozim.

ONLINE ANKETANI TOPSHIRISH UCHUN HAVOLA:

 https://forms.gle/mvyeMN2ZqLk8wHY17

O'ZDJTU VA MDLU QO'SHMA TA'LIM DASTURLARI

O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI (O’zDJTU)

va

ROSSIYANING MOSKVA DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI (MDLU)

Qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qish uchun

hujjatlarni qabul qilish boshlanganligini e’lon qiladi.

 

Ta’lim yo’nalishi: Lingvistika: Tillar va madaniyatni o’qitish nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)

O’qish muddati: 4 yil – 3 yil O’zDJTUda va 1 yil (2 ta semester) MDLUda.

O’qishlarini muvaffayatli tamomlagan talabalarga ikkita diplom – O’zDJTU va MDLUning davlat namunasidagi  diplomlari beriladi.

Dastur doirasida o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvshilar ingliz tili o’qituvchilari sifatida ishlashi, a’lo baholarga bitirganlar esa tarjimon, davlat organlari xizmatchilari sifatida, shuningdek til markazlari, ommaviy axborot vositalarida hamda Rossiya Federasiyasi universitetlari bitiruvchilari bilan bir qatorda Rossiyada ishlashlari mumkin.      

Talab qilinadigan hujjatlar:

  1. MDLU rektori nomiga ariza (berilgan shakl bo’yicha, namunasi ilova qilinadi).
  2. Pasport nusxasi.
  3. Attestat yoki diplom (litsey yoki kollejdan olingan) ilovasi bilan.
  4. 3×4 hajmdagi fotosurat (1 dona).

 

MUHIM: Barcha hujjatlar rangli skaner qilingan, PDF formatida saqlangan holda international.uzswlu.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Yuborilgan vaqtda “Тема” degan joyga abiturientning F.I.Sh. va “MDLUga hujjatlar” degan yozuv kiritilishi lozim. 

Online tarzda hujjatlarni topshirish uchun havola:

https://forms.gle/XCDiQ3ZgVX8nqJXX7

Online anketa faqat kirill alifbosida rus tilida to’ldirilishi shart! 

Hujjatlarni qabul qilish muddati 2023-yil 15-avgust 23:59gacha.

2023/2024-o’quv yilidan boshlab  kirish imtixonlari ikki bosqichda o’tkaziladi.

Birinchi bosqichda abiturientlar MDLU/O’zDJTU tomonidan tashkil etiladigan ingliz va rus tili bo’yicha imtihonda qatnashadi.

Ikkinchi bosqichda, imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan rul tili bo’yicha testni topshiradi.

Imtixon va testlarni o’tkazish sanalari va shakli (yozma, test, suhbat, online/offline) haqidagi ma’lumotlar 18-avgustdan keyin elektron pochta manzilingizga yuboriladi. Shu sababli, elektron pochtangizni tez-tez tekshirib turing. 

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bir haftalik muddatda Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi elchixonasi Konsullik bo’limi tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan hujjatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari lozim.

Bir o’quv yili uchun kontrakt to’lovi 135 Rossiya rubliga teng. O’zDJTUga to’lov OzR Markaziy bankining to’lov amalga oshirilgan kundagi kursi bo’yicha so’mda to’lanadi. MDLUda o’qish uchun to’lov Rossiya rublida amalga oshiriladi. MDLUda o’qish uchun borganda talabalar aviabilet va yashash harajatlarini o’z hisobidan to’laydi.  

MDLUda o’qich uchun Moskva shahriga borilganda avia/temir yo’l chiptalari xarid qilish va yashash bilan bog’liq harajatlar talaba tomonidan to’lanadi.

Qabul masalalarida savollaringiz bo’lsa, Qoshma ta’lim dasturlari bo’limi bilan (+99895) 194-15-05 (ish) telefon raqami, Telegram: (+99897) 734 95 15 yoki  e-mail: international.uzswlu.uz@gmail.com orqali bog’lanishingiz mumkin. 

 

МГЛУ-УзГУМЯ-2023

 

Заявление-МГЛУ

 

Заявление-МГЛУ2

 

Анкета-МГЛУ

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi