O'qitishning texnik ta'minoti bo'limi
O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi boshlig‘i lavozimi vazifalari:
- OTM o‘quv jarayoniga AKTni joriy qilishni rivojlantirish, uslubiy ishlarni tashkil qilish;
- OTMdagi mavjud kompyuter zallari (sinflari) ishchi holatini tekshirish va nazorat qilib borish;
- OTM tarkibiy bo‘limlarini kompyuter va tashkiliy texnika vositalari ehtiyoji asosida istiqbolli rejalar ishlab chiqish uchun taklif kiritish;
- OTM tarkibiy bo‘limlaridagi barcha kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini profilaktika rejasini ishlab chiqish;
- tushgan buyurtmalar bo‘yicha kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalarini ta’mirlashini nazorat qilish;
- texnik vositalar ishlatilish jarayonida yuz bergan nosozliklarni tezkor bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va barcha qurilmalarning uzluksiz ishlashini doimo nazorat qilib turish.