Bog'lanish:

  • Bo'lim boshlig'i: Odilov Baxodir Baxtiyarovich              Tel: (90) 788 - 03 - 30                                                                                                                                                           Ishchi tel: (71) 230 - 13 - 60
  • Bosh mutaxassis: Qaramanov Obid Xudayberdiyevich   Tel: (99) 755 - 06 - 44
  • Bosh mutaxassis: Utekov Bekzod Marat o'g'li                 Tel: (90) 654 - 68 - 26
  • Bosh mutaxassis: Ramazonov Ulug'bek Homid o'g'li      Tel: (99) 334 - 70 - 06 

O`zbekiston davlat jahon tillari “Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi” qoshidagi “Karyera markazi” to`g`risidagi

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

          Mazkur nizom O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 16-iyun kuni o`tkazilgan 34-sonli yig`ilish bayoni ayrim bandlari ijrosini ta’minlash hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 23-iyuldagi 314-sonli buyrug`i ijrosi yuzasidan O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2021-yil  27-iyuldagi 315-sonli buyrug`iga muvofiq O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (keyingi o`rinlarda - universitet) “Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi” qoshidagi “Karyera markazi” (keyingi o`rinlarda - Markaz) faoliyati tartibini belgilaydi.

     Markaz o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, ta’lim-tarbiya sohasini tartibga solishga doir O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari,  O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining qarorlari hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hamda lokal hujjatlarga asoslanib olib boradi.

    Markaz bitiruvchi talabalar soni, ularning ishga joylashishi monitoringi, bitiruvchi talabalarga yirik, o`rta va kichik davlat va nodavlat korxona va muassasalarida mavjud ish o`rinlari haqida davriy yangilanib boradigan ma’lumot-axborotlarni taqdim borish, barcha kurs talabalarini memorandum va shartnomalar asosida amaliyotlarga yo`llash, tizimda byurokratik to`siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy ma`lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitet tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

 Markaz tarkibi

   Markaz; markaz boshlig`i, mutaxassis va marketologdan iborat.Markaz boshlig`i vazifasini Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi boshlig`i boshqaradi. Markaz boshlig`ining xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Markaz ishini tashkil qilish, xodimlar o`rtasida vazifalarni taqsimlash, yuklatilgan vazifalarni samarali va o`z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
  • Markaz xodimlari tomonidan mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Ish o`rinlari uchun talabalardan talab etiladigan bilim, ko`nikma va malakalar bilan ularni xabardor qilib borish;
  • Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirish orqali bitiruvchilar kasbiy bilimlarining ish beruvchilar talablariga muvofiqligini o`rganish;
  • Respublika va tegishli hududlar iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni ochish bo`yicha takliflar tayyorlash;
  • Ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish bo`yicha shartnomalar loyihasini tuzish, shuningdek, ular bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish;
  • Kadrlarga real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash hamda joylashtirish natijalari haqidagi ma’lumotlarni Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;
  • Universitetning akademik, ilmiy va kadrlar salohiyatini namoyish qilish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish maqsadida xalqaro ko`rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish;

   Markaz mutaxassisi vazifasida Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi bosh mutaxassisi faoliyat olib boradi. Mutaxassisning xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Bitiruvchilar to`g`risida ma’lumotlar bazasini yaratish;
  • Universitet talabalari va bitiruvchilarini hozirda mavjud bo`lgan va mehnat bozorlari talab qilayotgan bo`sh ish o`rinlari haqida ma’lumot berish;
  • Universitetda bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” axborot-tanishuv tadbiri va mehnat yarmarkalarini tashkil etish;
  • Mehnat bozorida kadrlarga talab va taklif nisbatini e’tiborga olgan holda ta’lim xizmatlari iste’molchilarining ehtiyojlari va imkoniyatlari to`g`risida ma’lumotlar bazasini yaratish.
  1. Markaz marketologi vazifasida Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi marketologi faoliyat olib boradi. Marketologning xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:
  • Ish o`rinlari uchun talabalardan talab etiladigan bilim, ko`nikma va malakalar bilan ularni xabardor qilib borish;
  • Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash;
  • Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirish orqali bitiruvchilar kasbiy bilimlarining ish beruvchilar talablariga muvofiqligini o`rganish;
  • Ish beruvchilarning ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarga ehtiyojlarini hisobga olgan kadrlarga bo`lgan joriy va istiqbolli “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish;
  • Ommaviy axborot vositalari orqali ish beruvchilarga bitiruvchilar to`g`risidagi ma’lumotlarni e`lon qilish va universitet veb-saytiga joylashtirish.

 Markazninng maqsadi

   Talabalarning shaxsiy o`sishi va malakasini oshirishda yordam berish, talabalarni bilimli bo`lishiga va ularni o`z sohasida tarjibasini oshirishga ko`maklashish, jamiyatga salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni ish topishga yordamlashish, hamkor korxona va tashkilot vakillari har oyda kamida ikki marta kelib universitet talabalarini seleksiya ishlarini amalga oshirishlari uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish, talabalarga mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash va ish beruvchilar bilan suhbatdan o`tish usullarini o`rganish bo`yicha bilim, malaka va ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida “Karyerani rivojlantirish” nomli maxsus (online) kurs tashkil etish hamda nazoratga olish, oliy ta’lim muassasasida talaba va ish beruvchilarni bir-biriga bog`lovchi maqsadlarni o`tashdan iborat.

 Markazninng vazifalari

   Markazning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Talabalarga mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari asosida, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko`nikmalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o`tish usullarini o`rgatish, ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirish;
  • Ta’lim muassasalarining ilg`or mutaxassislarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo`naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish beruvchilarga, istiqbolli ta’lim sohalariga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish;
  • Mehnat organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o`rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarini amalga oshirish;
  • Universitetning mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, universitetni muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyati (karyerasi) to`g`risidagi hamda ushbu yo`nalishdagi boshqa tashkiliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish;
  • Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo`yilgan, ya’ni bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini (malakaviy sifatlarini) o`rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash;
  • Bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha ta’lim xizmatlari bozori va kon’yukturasiga ta’sir ko`rsatuvchi turli xil omillar (segmentlar) o`rtasidagi o`zaro aloqalarni tahlil qilish asosida bitiruvchilarni oldindan ishga taqsimlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirish;
  • Bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o`z ichiga olgan holda ishga taqsimlash ob’yektlari – ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shaklida ega bo`lgan tashkilotlar – davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va hokazo) tuzilmasini baholash,  geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to`liq ma’lumotlar bankini yaratish;
  • Joriy o`quv yili bitiruvchilari haqida (ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to`lov-shartnoma asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo`yicha familiyasi, ismi-sharifi ko`rsatilgan holda) ma’lumotlar bankini yaratish;
  • Joriy o`quv yilida va o`tgan o`quv yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta aloqalar o`rnatish, zarur hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko`rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish;
  • Ish beruvchilar (iste’molchilar) ga axborotlar vostasida ta’sir ko`rsatish yo`llarini tanlash, ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar radio-televideniye, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to`g`risida (viloyatlar bo`yicha ta’lim yo`nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilinishini, universitet veb-saytida joylashtirilishini, ma’lumotlar nashr qilish va ularni iste’molchilar (ish beruvchilar) ga yetkazilishini ta’minlash, reklamalar mazmuni, reklama modullarining xomaki nusxalari, maqolalar matnlari, video va audio yozuvlarining ssenariylarini tayyorlashda ishtirok etish;
  • Yuqori (bitiruvchi) kurslar talabalarida kasbiy mahorat sifatlarining bakalavr (magistr) ma’lumot darajasiga va ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiq shakllanishi jarayonini o`rganish, tahlil qilish hamda marketing izlanishlari natijalari tahlilidan kelib chiqqan holda raqobatbardosh bitiruvchi shaxsini shakllantirish maqsadida fakultetlar, tegishli kafedralar va ilmiy, o`quv-metodik bo`limlarga buyurtmachilar (iste’molchilar) tavsiyalarini taqdim etish;
  • Turdosh oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlanayotgan raqobatli bitiruvchilarning kasbiy mahorati darajasi, ularning ustunligi va kamchiligini baholash hamda o`z bitiruvchilari bilan taqqoslash;
  • Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda hamda bakalavr va magistr bitiruvchilarining kasbiy mahorati (malakaviy sifatlari) ni yaxshilash maqsadida raqobatbardosh bo`lg`usi mutaxassis shaxsini takomillashtirish bo`yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklari namoyish qilish maqsadida oliy ta’lim muassasasining respublika, mintaqaviy va xalqaro ko`rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash; muassasa hududida ko`rgazma va vitrinali ekspozitsiyalar tashkil etish;
  • Universitet va ish beruvchi tashkilot o`rtasida imzolangan shartnomalarga muvofiq ish beruvchilarni belgilangan muddatlarda bitiruvchilar bilan ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasasining barcha tegishli bo`linmalari bilan talabalar qabuli va bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini muvofiqlashtirish;
  • Universitetning tegishli bo`linmalari (kengashlar, fakultetlar, kafedralar va hokazolar) bilan hamkorlikda bakalavirat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini davlat granti asosida bitiruvchilarning uch yil kafolatli ishlashi, shuningdek, uch yillik majburiy ishlab berish shartini o`tayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pog`onalaridan ko`tarilishiga ko`maklashish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

 Markazninng huquqlari va majburiyatlari

    Markaz quyidagi huquqlarga ega:

  • Markaz vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish uchun universitetning tegishli bo`limlaridan (ilmiy va uslubiy kengashlar, o`quv-uslubiy boshqarmalar, fakultetlar, kafedralar) axborotlar taqdim qilishni talab qilish;
  • Universitetning professor-o`qituvchilari va ish beruvchi (iste’molchi) muassasa, korxona va tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini (kelishuv asosida) o`rnatilgan tartibda marketing tadqiqotlarini o`tkazish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash hamda ular haqidagi axborotlarni tarqatish tizimini loyihalash va tashkil qilishga jalb qilish;
  • DTS doirasida ish beruvchi (iste’molchi) larning talablari va tavsiyalarini hisobga olgan holda bitiruvchilarning kasbiy sifatlari va raqobatbardoshligini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo`yicha takliflar kiritish;
  • Ish beruvchilar (iste’molchilar) ning yosh mutaxassislar haqidagi fikrlari, e’tirozlari, kamchiliklari va rad qilinishi sabablari va ta’lim sifatini oshirishga oid takliflarini tahlil qilish hamda ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob beruvchi yangi avlod bitiruvchilarini shakllantirish bo`yicha, jumladan, tayanch oliy ta’lim muassasalariga tavsiyalar berish;
  • Ish beruvchilar (iste’molchilar) ning takliflari asosida mavjud ta’lim metodikasi (texnologiyalari) dagi kamchiliklarni bartaraf qilish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish bo`yicha tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar bilan hamkorliklarni amalga oshirish;
  • Bitiruvchilar to`g`risida reklamalar mazmuni va ommaviy axborot vositalari, bosma nashrlar orqali ma’lumotlar e’lon qilinishi hamda iste’molchilarga yetkazilishi bo`yicha fakultetlar, taalluqli kafedralar faoliyati samaradorligini baholash;
  • Bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida oliy ta’lim muassasasi xodimlarining respublika va xalqaro ko`rgazmalar, yarmarkalar, uchrashuvlar va konferensiyalarda ishtirok etishini tashkil etish;
  • Markaz faoliyatiga mas’ul etib belgilangan Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi xodimlarining ish faoliyati natijalariga ko`ra o`rnatilgan tartibda rag`batlantirish yoki choralar ko`rish bo`yicha takliflar kiritish.

Markaz quyidagi majburiyatlarga ega:

  • Ma’lumotlar bazasi va hujjatlar loyihalarini sifatli va o`z vaqtida tayyorlash hamda o`rnatilgan tartibda tasdiqlash, vazirlikka asoslantirilgan takliflar berish;
  • Universitetda bitiruvchi talabalar ishga joylashishi va uning monitoringini mavjud talablar asosida tashkil qilish, ushbu jarayon me’yoriy va boshqa hujjatlarini yuritish, ulardagi talablarga to`la rioya etish.

 Markazning tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi

Markaz faoliyatini Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi xodimlari amalga oshiradi.

Markaz faoliyatiga mas’ul bo`lgan xodimlarga institutning budjetdan tashqari mablag`lari hisobidann qo`shimcha ustamalar belgilanadi.

Yakunlovchi qoidalar

Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo`yicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.

Mazkur Nizom universitet Kengashining majlisida muhokama qilinib qabul qilingan va universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Mazkur Nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish qonunchilik hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi qaror va buyruqlari, universitet Kengashi qarori amalga oshiriladi.