15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i K. Muradkasimova hamda Buyuk Britaniyaning Leeds universiteti vakillari — professor Diana Pecorari va professor Diana McCray hamkorligida amalga oshirilayotgan “Promoting inclusiveness through gender-aware pedagogy in second-language writing assessment” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida doktorant va magistrantlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar yozma ishlarni baholash jarayonida tenglik, xolislik va adolat tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy metodlar bilan tanishdi, amaliy mashg‘ulotlar orqali ularni muhokama qildi va qo‘llash imkoniyatlarini tahlil qildi.

Mazkur seminar-trening doktorant va magistrantlar uchun ilmiy yondashuvlarni boyitish, inklyuziv baholash mezonlari bo‘yicha bilimlarini kengaytirish hamda xalqaro tajriba asosida metodik fikrlashni rivojlantirishga qaratildi.

Seminar-trening faol muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi
Ishtirokchilarga aniq amaliy tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi
Xalqaro loyiha doirasidagi kelgusi bosqichlar muhokama qilindi

Qiziqarli muzokaralar va interaktiv mashg‘ulotlar ishtirokchilarga yangi yondashuvlar, aniq metodik yechimlar hamda ilmiy hamkorlik imkoniyatlari haqida keng tasavvur berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube