O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 74 yillik tarixga ega.
1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo‘ldi.