Ishlar boshqarmasining vazifalari va funksiyalari

 

2.1. Quyidagilar Ishlar boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
 

-Universitet hududi va binolaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish, xavfsizlik, qo‘riqlash, xodimlar va tashrif buyuruvchi mehmonlar hamda fuqarolarning hudud va binolarga kirishi va chiqishini to‘liq nazoratga olish ishlarini amalga oshiradi;
-Universitet xodimlari ish faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berish va o‘rnatilgan talablar doirasida xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi;
-Universitet hududi va binolarida ish faoliyati davomida bo‘ladigan sarf-xarajatlarni tejamkorlik bilan sarflash chora-tadbirlarini ishlab chiqqan holda, moddiy qiymatliklardan unumli va ehtiyotkorlik bilan foydalanish usullarini joriy etadi;
-Universitetga tegishli hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini mavsumiy hamda doimiy olib boradi.

2.2. Ishlar boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
 

-Universitetda doimiy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi va uning bajarilishini ta’minlaydi;
-Universitetda o‘tkaziladigan xalqaro va Respublika miqyosidagi turli tadbirlar va yig‘ilishlarni o‘rnatilgan tartibda hamda yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlaydi;
-Universitet balansida bo‘lgan barcha moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasida ishtirok etadi, ulardan oqilona va to‘g‘ri foydalanishni tashkil etadi;
-Universitetining yig‘ma jildlar nomenklaturasini Markaziy davlat arxivi bilan kelishilgan xolda, ishlab chiqadi hamda universitet faoliyatiga joriy etadi;
-Markaziy davlat arxivi bilan birgalikda ishlab chiqilgan universitetning yig‘ma jildlar nomenklaturasi asosida bo‘linmalardan universitet arxiviga hujjatlarni qabul qiladi;
-Universitet arxivida saqlanayotgan hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda Markaziy davlat arxiviga topshirish ishlarini nazorat qiladi;
-Universitetga tegishli hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda xodimlar ishtirokida hasharlarni tashkillashtiradi;
-Universitet ma’muriy va boshqa binolarini joriy ta’mirlash hamda kelgusidagi istiqbol rejalar va kapital ta’mirlash bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritadi;
-Xodimlarga ish faoliyati davomida foydalanish uchun berilgan moddiy qiymatliklarni nazorat qilib borish, ta’mirtalab holatga kelib qolgan moddiy qiymatliklarni ta’mirlash ishlarini tashkil etadi;
-Xodimlar tomonidan ularga ish faoliyati davomida foydalanish uchun topshirilgan moddiy qiymatliklarga ehtiyotsizlik tufayli ziyon yetkazilganligi aniqlansa, o‘rnatilgan tartibda keltirilgan zarar hajmini aniqlash va javobgar xodimdan undirib olish choralarini ko‘radi;
- O‘ziga yuklatilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

3.Ishlar boshqarmasining huquqlari va javobgarligi

3.1.Ishlar boshqarmasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
 

-Universitetda xodimlar tomonidan ichki tartib qoidalarga amal qilinishini, ularga ish faoliyati davomida foydalanish uchun berilgan moddiy qiymatliklar xolatini doimiy nazorat qilib borishi hamda tahlil qilishi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot beradi;
-Ishlar boshqarmasi boshlig‘i tuzilmasida faoliyat ko‘rsatadigan xodimlarining ish faoliyati davomida ko‘rsatgan o‘rnak hamda natijalari yuzasidan ularni moddiy rag‘batlantirish maqsadida kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda rahbariyatga taklif kiritadi.
-Universitet hududi va binolarida kommunal xizmatlardan foydalanishni belgilangan qat’iy talablar doirasida amalga oshiradi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish jarayonida tejamkorlikka qat’iy amal qiladi;
-Universitetga tegishli bo‘lgan har qanday moddiy qiymatliklardan amaldagi mavjud me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida foydalanilishini ta’minlaydi;
-Tuzilmasida faoliyat ko‘rsatadigan xodimlarni mehnat xavfsizligi, texnika xavfsizligi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan tanishtiradi va bajarilishini nazorat qiladi;
-Universitet arxiviga bo‘linmalar tomonidan hujjatlarni talab etilgan me’yorlar asosida topshirilishini nazorat qiladi hamda hujjatlarni sifatli va ehtiyotkorlik bilan saqlanishini ta’minlaydi.

3.2. Ishlar boshqarmasi:
 

- o‘ziga yuklatilgan topshiriq va vazifalarni samarali bajarishga;
- faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga erishishga;
- dasturlar, harakat rejalari, yo‘l xaritalari va boshqa dasturiy  hujjatlarini samarali amalga oshirishga;
- Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish va himoya qilishni ta’minlashga mas’uldir.
- Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘z faoliyatini samarali amalga oshirilishi, o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli bajarilishi uchun javob beradi.

4. Ishlar boshqarmasi tuzilmasi

-Ishlar boshqarmasi bosh muhandis, bosh energetik, texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi, o‘qitishning texnik vositalari bo‘limi, fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi, qozonxonalarlarda faoliyat ko‘rsatadigan texnik, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni o‘z ichiga oladi.
-Ishlar boshqarmasi boshlig‘i va unga buysunuvchi boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar rektorning buyrug‘i bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

User Image
Ishlar boshqarmasi xodimlarining asosiy lavozim vazifalari
User Image
Ishlar boshqarmasi nizomi
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube