O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi faoliyati

 

O’quv ishlari. 2021-yil sentyabr oyidan boshlab Universitetning yangi strukturasiga muvofiq Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi alohida tashkil qilindi va bakalavriat bosqichining 3-4-kurs va magistratura talabalari ushbu kafedraga biriktirildi.

 Hozirgi kunda fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida jami 19 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shundan 2 nafari Fransiyadan maxsus taklif qilingan professor-o’qituvchilardir.

Kafedra mudiri – Raximova Gulsanam Ashirbekovna

Asosiy shtat:

Fan doktori, professor – 1 nafar

Fan nomzodi, dotsent – 2 nafar

Fan nomzodi, katta o’qituvchi – 1 nafar

Katta o‘qituvchi – 2 nafar

O‘qituvchi – 3 nafar

O‘qituvchi – stajyor – 3 nafar

Jami – 12 nafar

O‘rindoshlar:

Fan doktori, professor – 1 nafar

Fan nomzodi, dotsent – 2 nafar

Katta o‘qituvchi –1 nafar

O‘qituvchi – stajyor – 3 nafar

Jami – 7 nafar

Ilmiy salohiyat – 42%

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar. Fransuz til nazariy fanlar kafedrasining ilmiy yo’nalish mavzusi: “Fransuz tilining zamonaviy lingvistik yo‘nalishlari”.

Kafedraning  barcha professor-o‘qituvchilari  ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, xususan:

1. Raximova Gulsanam Ashirbekovna,  “ Badiiy tarjimada sharq ayoli obrazi: Transfomatsiya va metamorfoza (fransuz va o’zbek tarjimachiligi misolida)” (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslik shrifi 10.00.06 – Qiyosiy tarjimashunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va adabiyotshunoslik

2.  Sharipova Guljahon Bolikulovna, “Ertak tilining lingvomadaniy va struktur-semantik o‘ziga xosligi (fransuz va o‘zbek tillari ertaklari misolida)” ixtisoslik shrifi ixtisoslik shrifi 10.00.04 – Yevropa Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti. 

3. Mamajonova Muhayyo Mahamadjon qizi, “Fransuz va o'zbek badiiy asarlarida muomala madaniyati” (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslik shrifi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (O’zDJTU  mustaqil tadqiqotchisi. Ilmiy rahbar: dotsent G. Raximova)

4. Usmonova Nilufar Suvon qizi, “Fransuz va o’zbek tillaridagi tez aytish va topishmoqlarning lingvomadaniy xususiyatlari” (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslik shrifi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (O’zDJTU  mustaqil tadqiqotchisi. Ilmiy rahbar: dotsent (Nishonov Patxiddin Payziboyevich).

5. Nuritdinova Nargiza Narmatovna, “So‘z o‘zlashtirish va orfografiya muammolari” (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslik shrifi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (O’zDJTU  mustaqil tadqiqotchisi. Ilmiy rahbar O’zDXA professor, f.f.n.  R. Jomonov).

6. Masharibov Gʻayrat To‘rayevich, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik “Noaniqlik konseptini ifodalovchi til birliklarining funksional-semantik xususiyatlari (fransuz va o‘zbek tillari materiallari asosida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi mavzusi. (Ilmiy rahbar: Yakubov Jamoliddin Abduvaliyevich, filologiya fanlari doktori, professor).

Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasiga biriktitilgan tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar:

1. O’zDJTU rektorining 2023-yil 18-dekabrda №48/dok-sonli buyrug’iga binoan kafedraga biriktirilgan tayanch doktorant Xudayberganova Mahbuba Meylibayevna 10.00.04. – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha “Fransuz tilida bolalar reklamasining lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.  

2. Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasining 2-sonli sentabr oyi yig’ilishida  mustaqil izlanuvchi Zufarova Sevara Muratdjanovnaning ilmiy ish mavzusi muhokamasi va  tasdig‘i bo’lib o’tdi. Mustaqil izlanuvchi Zufarova Sevara Muratdjanovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha  “Fransuz va o’zbek tillarida erkalash funksional semantik maydoning sotsiolingvistik xususiyatlari” mavzusidagi (PhD) doktorlik dissertatsiyasi mavzusi kafedra muhokamasidan o’tdi. O’zDJTU rektorining 2024-yil III-chorakda qabul qilingan mustaqil izlanuvchilar buyrug’i elektron ilova qilinadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining 2021-2022 yillar davomida ilmiy nashrlari: 1 ta o‘quv qo‘llanma, 90 ta xalqaro maqola va 30 ta xalqaro tezis, OAK eьtirof etgan jurnallarda 25ta.

2022-2023 yili davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan jami 67 ta ilmiy maqola va tezislar nashr etildi. Shundan xalqaro monografiyalar 2 ta, Scopus bazasidan ro‘yxatdan o‘tgan ilmiy jurnallarda 1 ta, xorijiy jurnallar 18, xalqaro konferensiyalar 20, OAK jurnalida 7, respublika konferensiyasida 12.

2023-2024 o‘quv yilida umumiy hisobda 79 ta maqola chop etishdi. Jumladan, 42 ta xalqaro va 12 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida, 11 ta OAK jurnallarida, 13 ta xalqaro jurnallarda va 1 ta Scopus bazasidan ro’yxatdan o’tgan jurnalda maqolalari chop etilgan. Xususan,

1.  J.Yakubov, N.Karimova «Grammaire pratique de la langue française. Morphologie I.», «Grammaire pratique de la langue française. Morphologie II.», «Grammaire pratique de la langue française (Syntaxe)» nomli o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi.

2.  G.Raximova. Badiiy tarjima va bolalar adabiyoti. Monografiya. Moldova, 2022.

3. Raximova Gulsanam Ashirbekovna, Genevieve Geron, Tursunova Nargiza Xamraqulovna,  Ziyayeva Shoxodat Nurmatovna  “Média et communication” nomli  o‘quv qo‘llanmasi 27-iyun, 2024-yil Universitet Kengashining 11-son yig‘ilishida tasdiqdan o’tib, nashr etildi.

4.  Yakubov Jamoliddin Abduvaliyevich, Ziyayeva Shoxodat Nurmatovna  “Cahier d’activités”  (Mashqlar to‘plami)  O‘qish va yozish amaliyoti fani bo’yicha  Universitet Kengashining 6-iyun 2024-yil 10-son yig‘ilishida tasdiqdan o’tib, nashr etildi.

5.  Raximova Gulsanam Ashirbekovna, Rajabova Maftuna Bahramovna «Français sur Objectifs Spécifiques. Français du tourisme»  o‘quv qo‘llanmasi  Sohaga yo‘naltirilgan chet tili fanidan  Universitet Kengashi 27-iyun, 2024-yil 11-son yig‘ilishida  tasdiqdan o’tib, nashr etildi

6. Nasirov Abduraxim Abdimutalipovich “Frazeologiyada zamonaviy yondashuvlar va konsepsiyalar” (tanlov fan) rejadan tashqari darslik bo’lib, Universitet Kengashi 27-iyun, 2024-yilda11-son yig‘ilishida tasdiqdan o’tib, nashrga ruxsat etildi.  (rejadan tashqari). Nashr etilgan darslik va o’quv qo’llanmalarning guvohnomalari elektron havola etiladi.

7. Yakubov Jamoliddin Abduvaliyevich, Patxiddin Nishonov, Zumrad  Abdushukurova “Manuel de français” oquv qo’llanmasi magistr talabalari uchun 2025 yilning I-choragida qayta nashrdan chiqarildi.

  Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar. Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yillik reja asosida ish olib boradi. Ustoz-shogird tizimi asosida kafedraning barcha ilmiy salohiyatli va kuchli mutaxassislariga kamida 5 nafardan iqtidorli talabalar biriktirilgan. 3-4-bosqich bakalavr hamda magistr talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ilmiy va o’quv to’garaklari faoliyat olib bormoqda. Xususan, “Bo’lajak olim”, “Mening Start-up loyiham” va “Badiiy tarjima” kabi ilmiy to’garakalar hamda “Je parle français”, “Parlez-vous français?” kabi o’quv to’garaklari talabalarni ilmiy va kasbiy mutaxassislikka yo’naltimoqda. Natijada, 2024-yil tashkil qilingan Start-up loyihasi tanlovida 4-bosqich iqtidorli talaba Ismoilov Saidbek “Kuloman” loyihasi bilan ishtirok etib g’olib bo’ldi va 50 million so’mdan iborat mablag’ rag’batlantirildi. Hozirda uchbu talaba universitet qoshida “Kulolman” nomli kulolchilik ustaxonasini tashkil etgan va shogirdlar ham yetishtirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, iqtidorli talabalar orasidan nomdor stipendiya g;oliblari ham yetishib chiqqan. Xususan, Faynberg va Navoiy stipendiaysi sohiblari, Frankofoniya doirasida tashkil etilayotgan Fransizyaning xalqaro Lion’s Club tashkilotining Amicif tanlovi g’oliblari, xalqaro va respublika til olimpiadalari g’oliblari ham aynan shu iqtidorli talabalardir.

Xalqaro aloqalar. Kafedraning xalqaro aloqalar bo’yicha yillik rejasi va investitsiyalar jalb qilish bo’yicha yo’l xaritasi mavjud bo’lib ushbu reja asosida ishlar olib borilmoqda. Kafedra qator xalqaro hamkorliklarni yo’lga qo’ygan, xususan, Versal Akademiyasi Cyerji-Pontuaz universiteti, Fransiyaning Angulem shahri Sent-Mart-Shavan ta’lim kompleksi, Parij Shimoliy Sorbonna universiteti (Université Sorbonne Paris du Nord), Puatye universiteti (Université de Poitiers), Strasburg shahridagi STRALANG (STRALANG) xususiy instituti, Parijdagi Xalqaro Birdamlik va Ta’lim (A.S.I.E) Assosisiatsiyasi  bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

2021 yil 7 dekabrda xalqaro hamkorlik doirasida Fransiya, Angulem shahridagi Saint-Marthe-Shavagnes (Cyent-Mart-Shavan) liseyi bilan hamkorlikda  masofaviy  “O‘zbekiston va Fransiya” mavzusida davra suhbati tadbiri tashkil qilindi.    

        2022-yil 18-yanvarda xalqaro hamkorlik doirasida Fransiya, Angulem Saint-Marthe-Shavagnes (Cyent-Mart-Shavan) liseyi bilan hamkorlikda video-konferensiya tashkil qilindi. Tadbirda 3-bosqich talabalari, kafedra professor-o‘qituvchilari va Sent-Mart-Shavan liseyi talabalari ishtirokida taqdimot qilindi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi  Versal Akademiyasining Serji-Pontuaz universiteti bilan 2014-yildan xalqaro aloqalarni boshlagan. Fransiyadagi Versal akademiyasining Ta’lim va o‘qituvchilik oliy maktabi (ESPE), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorlikda ERASMUS+ dasturi asosida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan kredit mobillik xalqaro loyihasi asosida FFRA 1901-guruh talabasi  Olloberganov Amirxon hamda 2-bosqich magistranti  Qaxxorov Firdavslar ishtirok etdilar.

Hamkorliklarning amaliy natijasi sifatida 2023-yilning 17-28 mart kunlari Xalqaro hamkorlik doirasida RGF fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasining 3 nafar o‘qituvchisi Fransiyaning Angulem shahri Sent Mart-Shavan kompleks ta’lim muassasasida 2 hafta davomida qisqa muddatli stajirobka o’tab qaytishdi.

2025-yil yilning 24-martidan 30-iyunga qadar Xalqaro Birdamlik va Ta’lim (A.S.I.E) Assosiatsiyasi  bilan imzolangan shartnoma asosida ushbu assosiatsiyaning ta’lim bo‘yicha mas’uli Emmanuel Dyufur (Emmanuelle Dufour) xonim Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida asosiy shtatda talabalarga o‘quv mashg‘ulotlari olib borish uchun tashrif buyurishi kutilmoqda.

Shuningdek, Puatye universiteti bilan 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ KA171 dasturi loyihasini ishlab chiqib Yevropa Ittifoqi tomonidan universitetimiz talaba va o‘qituvchilarining Fransiya Puatye universiteti (Université de Poitiers)da stajirovka o‘tab qaytish, kasbiy va til malakasini oshirishlarini moliyalashtirilishi imkoniga ega bo‘lishdi. Xususan, 2025-yil 7-yanvar kuni Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasining 2 nafar 3-bosqich talabalari ushbu universitetga 1 semestr davomida o‘qish uchun yuborildi. Hozirda talabalarimiz ushbu nufuzli universitetda ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida tahsil olishmoqda.

Qolaversa, 2025-yil fevral oyida ushbu kafedraning 3 nafar professor-o‘qituvchilari 1 haftadan iborat “Maktab va universitetlarda nogironlarni inklyuziv o‘qitish” mavzusidagi qisqa muddatli treningda qatnashib inklyuziv ta’lim bo‘yicha Yevropaning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tajribasini o‘rganish va universitetda ushbu tajribani qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganib qaytishdi.

Tashrif jarayonida Puatye universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limining O‘rta Osiyo bo‘yicha mas’ullari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 2025-yil oktyabr-noyabr oylarida O‘zDJTUda respublika va qo‘shni mamlakatalar fransuz tili o‘qituvchilari uchun Kuzgi universitet tashkil qilishga kelishildi.

Bundan tashqari Parij Shimoliy Sorbonna universiteti (Université Sorbonne Paris du Nord) bilan hamkorlikda 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturi doirasida loyiha ishlab chiqilib ro‘yxatdan o‘tkazildi va ijobiy natija kutilmoqda.

2025-yilning 11-13 mart kunlariga mo‘ljallangan Davlatimiz rahbarining Fransiyaga tashrifi oldidan Parij shahrida 10 mart kuni “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Konferensiya doirasida ikki tomon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 26 ta shartnoma, bitim, “Yo‘l xaritasi, xalqaro loyiha va kelishuvlar imzolandi. Ular qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Konferensiya davomida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Shimoliy Sorbonna universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha vise-prezidenti Silvi Barye (Sylvie Barrier), Puatye universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha vise-prezident Stefan Motte (Stéphane Mottet) va  Xalqaro Birdamlik va Ta’lim (A.S.I.E) Assosiatsiyasi  prezidenti Alen Payen (Alain Payen)  tomonlaridan  imzolangan shartnomalarda ikki universitet talabalari almashinuvi va moliyaviy shartlar, ilmiy tadqiqotlar, seminar-treninglar va qo‘shma nashrlar bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

11-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) rektori Ilxomjon Tuxtasinov Shimoliy Sorbonna Parij XIII (USPN) rahbariyati taklifiga binoan ushbu universitetga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitetning Xalqaro aloqalar boshqarmasi Osiyo davlatlari bo‘yicha mas’ul xodimi Yann Sharl (Yann Charles) janoblari rektorni kutib oldi va hamkorlik memorandumini amaliy jihatdan rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Shu yilning 19-26 mart kunlari O‘zDJTU va Ozarbayjon Tillar Universiteti o‘rtasida 2023 yil imzolangan anglashinuv memorandumi asosida ushbu universitetning Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Ulfet Ibragim Zokir o‘g‘li (Ulfet Ibragim Zakir oglu) Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi bilan hamkorlik doirasida yo‘l xaritasini ishlab chiqish va talabalar hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi hamda ikki kafedra o’rtasida kafedralararo hamkorlik shartnomasini imzolandi. Ushbu shartnoma shartlariga ko’ra 2025-yil 19-26 mart kunlari Ulfet Ibragim Zokir o‘g‘li O’zDJTU fransuz tili o’qituvchilariga “Influence de l’IA dans l’enseignement des langues étrangères” hamda “Comment dynamiser la classe de FLE? ” mavzularida seminar-trening tashkil qildi. Bundan tashqari 2025-yil 26-aprelda Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari: ko‘p tillilik va madaniyatlararo muloqot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni hamkorlikda o’tkazishga kelishildi.

         Puatye universiteti bilan 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ KA171 dasturi doirasida 2025-2026 o’quv yiliga mo’ljallangan talabalar almashinuvini amalga oshirish uchun 2025-yil 28-mart. 1-2-aprel kunlari 2-3-bosqich bakalavr hamda 1-bosqich magistyr talabalar o’rtasida tanlov o’tkazildi. Tanlov shartlari oldindan universitet saytida berilgan e’londa belgilangan bo’lib jami 14 nafar talabalar ishtirok etishdi. Tanlov natijasi Puatye universiteti Erasmus+ loyihasi jamoasi tomonidan may oyida e’lon qilinishi ma’lum qilindi.    

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube